Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Eski Yakkaboğ

    Manba: ÖzME, 10-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 216-b. — ziyouz.com

    Eski Yakkaboğ — Qaşqadaryo viloyati Yakkaboğ tumanidagi şaharça (1989 yildan). Yaqin t.y. bekati — Yakkaboğ. Aholisi 10,7 ming kişi (2003). Şaharçada umumiy ta'lim maktablari, kasb-hunar kolleji, avtokorxona, quriliş va sanoat korxonalari, kiçik korxona va firmalar, savdo, madaniy va maişiy xizmat körsatiş şoxobçalari faoliyat körsatadi. Kutubxona, madaniyat muassasalari, tibbiy punkt, dorixona, aloqa bölimi bor.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ЭСКИ ЯККАБОҒ — Қашқадарё вилояти Яккабоғ туманидаги шаҳарча (1989 йилдан). Яқин т.й. бекати — Яккабоғ. Аҳолиси 10,7 минг киши (2003). Шаҳарчада умумий таълим мактаблари, касб-ҳунар коллежи, автокорхона, қурилиш ва саноат корхоналари, кичик корхона ва фирмалар, савдо, маданий ва маиший хизмат кўрсатиш шохобчалари фаолият кўрсатади. Кутубхона, маданият муассасалари, тиббий пункт, дорихона, алоқа бўлими бор.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.