Eskişehir
Manba: ÖzME, 10-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 219–220-b. — ziyouz.com
Eskişehir — Turkiyaning ğarbiy qismidagi şahar. Eskişehir elining ma'muriy markazi. Aholisi 482,8 ming kişi (2000). Transport yöllari çorrahasi va muhim savdosanoat markazi. Harbiy, oziq-ovqat, töqimaçilik, sement va yoğoçsozlik sanoati korxonalari mavjud. Transport maşinasozligi rivojlangan. Şahar yaqinidan xrom rudasi qazib olinadi.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
ЭСКИШЕҲИР — Туркиянинг ғарбий қисмидаги шаҳар. Эскишеҳир элининг маъмурий маркази. Аҳолиси 482,8 минг киши (2000). Транспорт йўллари чорраҳаси ва муҳим савдосаноат маркази. Ҳарбий, озиқ-овқат, тўқимачилик, цемент ва ёғочсозлик саноати корхоналари мавжуд. Транспорт машинасозлиги ривожланган. Шаҳар яқинидан хром рудаси қазиб олинади.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.