Estetika
Manba: ÖzME, 10-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 223–226-b. — ziyouz.com
Estetika (yun. — his qiluvçi, hissiy tarbiyaga doir) — inson bilan dunyo örtasidagi qadriyat munosabatining öziga xos tomonlarini va kişilarning badiiy faoliyati sohasini örganuvçi falsafiy fan. «E.» terminini nemis faylasufi A.Baumgarten (1714—62) ilmiy muomalaga kiritgan. E.ning sinonimi sifatida gözallik falsafasi, san'at falsafasi, badiiy ijod falsafasi iboralari qöllanib kelingan. Keyingi paytlarda nafoyeatşunoslik yoki nafosat falsafasi atamalari ham E.ni anglatadigan böldi. E. öz içiga san'at E.si, tabiat E.si, texnika E.si, dizayn, sport E.si, turmuş E.si, atrof muhitni gözallaştiriş va boşqalar sohalarni qamrab oladi.
E. nafosat, did, gözallik, xunuklik, uluğvorlik, tubanlik, fojiaviylik, kulgililik, mö'jizaviylik, hayolilik singari kategoriyalar bilan iş köradi. Ular orasida nafosat tuşunçasi alohida örin egallaydi. U bir tomondan, estetik anglaşning barça jihatlarini (estetik hissiyot, estetik zavq, estetik did, estetik muhokama va boşqalar), ikkinçi tomondan, estetik xususiyatlarni — amaldagi gözallik, uluğvorlik, fojiaviylik, kulgililik va h.k. jihatlarni öz içiga oladi. Ana şu keyingi jihati bilan nafosat ba'zan E.ning predmeti sifatida ham qabul qilinadi.
E.ning tadqiqot obyektlari içida san'at alohida örinni egallaydi, u qadimdan to hoz. kungaça eng köp tadqiq etilgan estetik soha hisoblanadi. E.ning bu borada san'atşunoslik fanlaridan farqi şundaki, u öz obyektiga falsafiynazariy jihatdan yondaşadi. E. san'atni — san'atkor, san'at asari, san'at asarini idrok etuvçi şaxsdan iborat yaxlit tizimda olib örganadi, barça san'at turlari uçun zarur bölgan umumiy qonunqoidalarni işlab çiqadi. Mas, adabiyotşunoslikdatç qofiya nazariyasini musiqaga yoki haykaltaroşlikka nisbatan qöllab bölmaydi. E.dagi kompozitsiya yoki uslub nazariyasi esa me'morlikdan tortib badiiy suratkaşlikkaça bölgan hamma san'at turlariga taalluklidir. Ayni paytda E. san'atning tabiati, uning ijodiyligi va boşqalar jihatlarini tadqiq etadi; badiiy oqimlar va yönalişlarning, ijodiy uslublarning mohiyatini örganadi.
E. falsafiy ilm sifatida köplab ijtimoiy va tabiiy fanlar bilan aloqadordir. Uning etika bilan aloqasi alohida diqqatga sazovor. Bu ikkala fanning özaro yaqinligi, avvalo, inson xatti-harakatining köp hollarda ham axloqiylik, ham nafosat uyğunligidan iborat ekanligida; 2dan, E.ning asosiy tadqiqot obyekti bölmiş san'at mohiyatan ezgulik va yovuzlik örtasidagi kuraşning badiiy in'ikosi sifatida doimo dolzarb axloqiy muammolarni kötarib çiqadi; 3dan, E.ning ba'zi tuşunçalari etika uçun ham birdek xizmat qiladi; 4dan, E. örganadigan xulqiy gözallik sohasi axloq bilan bevosita boğliq. Ayni paytda ikkala fan bir-biriga juda öxşaş ekan degan taassurot tuğilmasligi kerak. E. har bir obyektga aniq, muayyan yondaşuvni talab qiladi, etika esa hamma uçun umumiy bölgan qonunqoidalarni, hikmatlarni işlab çiqadi. E.ning psixologiya bilan aloqasi ham juda muhim: har ikkala fan ruhiy holatlarni örganadi. Har ikkala fan uçun umumiy bölgan san'at psixologiyasi va badiiy ijod psixologiyasi degan maxsus yönalişlar mavjud. E. va sotsiologiyaning özaro munosabatlarida san'atni hamkorlikda örganiş masalalari muhim. San'at asari alohida inson şaxsiga e'tibor qilgani holda, jamiyatni ijtimoiy munosabatlar tizimi, ijtimoiy tuzilma sifatida badiiy tadqiq etadi, ayni paytda sotsiologik tadqiqotlar uçun öziga xos material bölib xizmat qiladi; sotsiologiya jamiyat bilan san'atning özaro aloqalarini, san'atning ijtimoiy vazifalarini; san'atkorning jamiyatdagi örni, mavqei, kitobxon va tomoşabinlarning ijtimoiydemografik holatlarini; şaxs ijtimoiylaşuvida san'atlar va san'at asarining ahamiyatini tahlil qiladi. Mazkur muammolarni örganiş uçun E. va san'at sotsiologiyasi sohasi mavjud. E.ning dinşunoslik bilan aloqasi ham katta ahamiyatga ega; din va san'at doimo bir-birini töldirib keladi, köp hollarda biri boşqasi uçun yaşaş şarti bölib xizmat qiladi. Asrlar mobaynida, ana şu aloqalar natijasi ölaroq, san'at asarining öziga xos körinişi — diniybadiiy asar vujudga keldi. Mas, Şohizinda me'moriy majmui, Kyoln jomesi, Rembrandtning «Muqaddas oila» asari, «Abu Muslim jangnomasi» qissasi va boşqalar E. bunday asarlarni tadqiq etar ekan, albatta, dinşunoslik fani bilan hamkorlik qiladi. E.ning pedagogika bilan boğliqligi estetik tarbiya masalalariga borib taqaladi; ped. ham estetik tarbiya bilan şuğullanadi. Lekin u alohidaalohida, mustaqil qismlarga bölingan holda, turli yoş va sohalar uçunmaxsus belgilangan tarbiya tarzida olib boriladi. Mas, maktabgaça tarbiya, öquvçilar tarbiyasi, jismoniy tarbiya va h.k. E. esa nafosat tarbiyasining umumiy qonunqoidalarini işlab çiqadi — inson tuğilganidan boşlab, to ölimigaça ötadigan umr bosqiçlari uçun taalluqli bölgan tarbiya falsafasi sifatida iş köradi. E.ning semiotika (belgilar va belgilar tizimlari haqidagi fan) bilan aloqadorligi keyingi paytlarda yanada teranroq tadqiq etilmoqda. Ma'lumki, har bir san'at asarining mazmunmohiyati muayyan belgilar vositasida namoyon böladi, ya'ni biliş va baholaş natijalari bölmiş semiotik hamda pragmatik axborotni özida mujassam qilgan san'at asari öşa axborotni yetkazib berişga ham möljallangan; u san'at turiga qarab turliça belgilar — harflar, çiziqlar, notalar va h.k. orqali amalga oşiriladi. San'atning semiotik belgilar bilan boğliq ana şu tomonlarini — kommunikativvositaçilik jihatlarini semiotika örganadi; bu borada alohida tuzilmasemiotik deb nomlangan nazariy yondaşuv ham mavjud. Şuningdek, E. barça san'atşunoslik fanlari hamda tabiat E.si nuqtai nazaridan ekologiya, axborot nazariyasi jihatidan kibernetika bilan aloqadorlikda iş köradi.
E. tarixining ibtidosi Somir (Şumer), Bobil, qadimiy Misr, qadimiy Xitoy va keyinroq yunon miflariga borib taqaladi. Bundan 5—6 ming yil avval ilk yozuv — mix xatda bitilgan Somir giltaxtalaridagi matnlarda «gözallik», «san'at», «musiqa» singari sözlarda aks etgan.dastlabki estetik tuşunçalarni uçratiş mumkin. qadimiy Misrda miloddan 4—4,5 ming yil avval san'atning barça asosiy turlari, sal keyinroq esa professional teatr vujudga keldi. Zarduştiylik dinining muqaddas kitobi Avestoş ilgari surilgan estetik ğoyalar keyinçalik Hindistonda, undan söng Yunonistonda E. rivojiga ta'sir körsatdi. qadimiy Şarkdagi estetik ğoyalar dastlab foydalilik (nima foydali bölsa — öşa gözal), keyinroq axloqiylik (nima ezgu bölsa — öşa gözal) tamoyillari asosida şakllandi. Yunon mumtoz E.si namoyandalari, ayniqsa, Aristotel gözallikning foydalilikdan va ezgulikdan alohida holda mavjud bölişi mumkinligini aytib ötdi; bu jihatdan uning «Poetika» («Şe'riyat san'ati») asari e'tiborga molik. Örta asrlarda musulmon şarqi tasavvuf E.si bu ğoyalarni takomiliga yetkazib, yangi bosqiçga kötardi; Uyğoniş davri va Yangi davr E.si taraqqiyoti uçun nazariy asos bölib xizmat qildi. E. Byork, D.Yum, I.Kant va boşqalar merosida buni yaqqol köriş mumkin. Mas, Kantning gözallik haqidagi maşhur 4 tamoyilidan 3 tasi şarq faylasuflari nazariyalari asosiga qurilgan. Mazkur 3 tamoyil — gözallikning beğaraz manfaatsiz munosabatga asoslanganligi; uning zaruratga aylangan muhabbatning obyekti ekanligi (Ğazoliy); gözallikni oddiy mantiqiy yondaşuv orqali bilişimiz mumkin emasligi (Forobiy) Kantni, gözallik biz uçun özini maqsad şaklida emas, maqsadga muvofiqlik şaklida namoyon etadi degan 4tamoyilni yaratişga olib keldi. Kantdan söng nemis ratsional E.sida Şiller, Şelling, Gegel nazariyalarining E. taraqqiyoti uçun ahamiyati katta böldi. Şopengauer, Nitsşe, Diltey singari noratsional yönalişdagi faylasuflarning estetik qaraşlarida ham öziga xos yangi ğoyalar ilgari surildi, mas, Şopengauer E.ga yangi — «qiziqarlilik» kategoriyasini kiritdi, Nitsşe esa san'atni ikki — apollonça va dionisiyça turga ajratib örganişni taklif etdi. Eng yangi davr E.sida, Z.Freyd, ayniqsa, K.Yung ta'limotida san'at asari va san'atkorning özaro munosabatlarini ruhiy tiplar asosida örganilişi olğa taşlangan yangi qadam böldi. Şuningdek, J.P.Sartr, A.Kamyu, G.Marsel, X. Ortega i Gaset va boşqalar mutafakkirlar industrial jamiyatda gözallik va san'atning takdiri masalalari bilan qiziqdilar. Hoz. E.ning miqyosiylaşuv jarayonida texnika, tabiat va turmuş E.siga ham jiddiy e'tibor berilmoqda; xulqiy gözallik muammosi yanada muhim örin egallay boşladi.
Özbek milliy E.si taraqqiyoti tarixan mintaqaviy tabiatga ega bölib, uning ildizlari dastlab Avesto, keyin moniylikning muqaddas kitobi Xuastuanift (Za.)ga borib taqaladi. Islom dini qabul qilingaç, milliymintaqaviy E. Qur'oni karim oyatlari va Hadisi şarifdagi «Alloh gözal va U gözallikni sevadi» degan tamoyil asosida rivojlandi. Bunda maşşoiyyunlik (Forobiy, Ibn Sino) bilan yonmayon tasavvuf E.sida kubroviylik (Najmiddin Kubro). jömardlik (Pahlavon Mahmud), naqşbandiya (Alişer Navoiy) singari tariqat mutafakkirlarining gözallik, san'at va san'atkor borasidagi qaraşlari muhim ahamiyat kasb etdi. Özbek E.si tarixida, ayniqsa, Temuriylar davri alohida öringa ega; Navoiyning «Mahbub ul-qulub», «Majolis unnafois», «Mezon ulavzon» asarlari, 15—16-asrlarda qator tazkiralar va musiqa nazariyasi borasidagi risolalar özbek E.si rivojiga ulkan hissa bölib qöşildi. XonlikLar va çorizm mustamlakasi davrida esa özbek E.si köproq tazkiralarda (Fazliy) va şe'riy şakllarda (Furqat) öz ifodasini topdi. Özbek milliy E.sidagi yuksaliş 19-asr oxirlari — 20-asr boşlariga töğri keladi. Bu davrda ma'rifatçijadid mutafakkirlar yangiça estetik ğoyalarni örtaga taşladilar, badiiy adabiyotda, dramaturgiya janriga va zamonaviy teatr san'atiga asos soldilar. Anbar Otinning «Qarolar falsafasi» (1910), Fitratning «Oila» (1914), keyinroq «Adabiyot qoidalari» (1926) risolalari yuzaga keldi, Çölponning badiiy adabiyot, teatr san'atiga bağişlangan turqum maqolalari e'lon qilindi. Lekin şörolar hukmronligi davridagi totalitarizm barça falsafiy fanlar qatori E.ni ham sinfiylik va partiyaviylik tamoyillari asosida biryoqçamalikka, mahdudlikka, soxtalikka mahkum qildi. Özbekiston mustaqillikka erişganidan söng E.ga alohida e'tibor berila boşlandi, estetik madaniyat (M.Nurmatov, M.Abdullayev), estetik qadriyatlar (T.Mahmudov) borasida yirik tadqiqotlar e'lon qilindi. Hoz. vaqtda E. nazariyasi va tarixiga doir jiddiy izlanişlar olib borilmoqda (T.Mahmudov, A.Qurbonmamadov, E.Umarov, A.Şer, B. Husanov). Özbekiston milliy un~tida E. yönalişi böyiça magistratura faoliyat körsatmoqda, şu yönalişda aspirantura va doktorantura mavjud. Mamlakatimizda fuqarolarning estetik tarbiyasiga taalluqti turli tadbirlar, ularning estetik didini yuksaltirişga qaratilgan ma'naviyma'rifiy işlar muntazam olib boriladi.
Ad.: Aristotel , Poetika, T., 1981; Mahmudov T., Gözallik va hayot. T, 1974; Nurmatov M., Tanqid va estetika, T, 1976; Maxmudov T., Estetika i duxovnme sennosti, T, 1993.
Abdulla Şer.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
ЭСТЕТИКА (юн. — ҳис қилувчи, ҳиссий тарбияга доир) — инсон билан дунё ўртасидаги қадрият муносабатининг ўзига хос томонларини ва кишиларнинг бадиий фаолияти соҳасини ўрганувчи фалсафий фан. «Э.» терминини немис файласуфи А.Баумгартен (1714—62) илмий муомалага киритган. Э.нинг синоними сифатида гўзаллик фалсафаси, санъат фалсафаси, бадиий ижод фалсафаси иборалари қўлланиб келинган. Кейинги пайтларда нафоеатшунослик ёки нафосат фалсафаси атамалари ҳам Э.ни англатадиган бўлди. Э. ўз ичига санъат Э.си, табиат Э.си, техника Э.си, дизайн, спорт Э.си, турмуш Э.си, атроф муҳитни гўзаллаштириш ва бошқалар соҳаларни қамраб олади.
Э. нафосат, дид, гўзаллик, хунуклик, улуғворлик, тубанлик, фожиавийлик, кулгилилик, мўъжизавийлик, ҳаёлилик сингари категориялар билан иш кўради. Улар орасида нафосат тушунчаси алоҳида ўрин эгаллайди. У бир томондан, эстетик англашнинг барча жиҳатларини (эстетик ҳиссиёт, эстетик завқ, эстетик дид, эстетик муҳокама ва бошқалар), иккинчи томондан, эстетик хусусиятларни — амалдаги гўзаллик, улуғворлик, фожиавийлик, кулгилилик ва ҳ.к. жиҳатларни ўз ичига олади. Ана шу кейинги жиҳати билан нафосат баъзан Э.нинг предмети сифатида ҳам қабул қилинади.
Э.нинг тадқиқот объектлари ичида санъат алоҳида ўринни эгаллайди, у қадимдан то ҳоз. кунгача энг кўп тадқиқ этилган эстетик соҳа ҳисобланади. Э.нинг бу борада санъатшунослик фанларидан фарқи шундаки, у ўз объектига фалсафийназарий жиҳатдан ёндашади. Э. санъатни — санъаткор, санъат асари, санъат асарини идрок этувчи шахсдан иборат яхлит тизимда олиб ўрганади, барча санъат турлари учун зарур бўлган умумий қонунқоидаларни ишлаб чиқади. Мас, адабиётшуносликдатч қофия назариясини мусиқага ёки ҳайкалтарошликка нисбатан қўллаб бўлмайди. Э.даги композиция ёки услуб назарияси эса меъморликдан тортиб бадиий сураткашликкача бўлган ҳамма санъат турларига тааллуклидир. Айни пайтда Э. санъатнинг табиати, унинг ижодийлиги ва бошқалар жиҳатларини тадқиқ этади; бадиий оқимлар ва йўналишларнинг, ижодий услубларнинг моҳиятини ўрганади.
Э. фалсафий илм сифатида кўплаб ижтимоий ва табиий фанлар билан алоқадордир. Унинг этика билан алоқаси алоҳида диққатга сазовор. Бу иккала фаннинг ўзаро яқинлиги, аввало, инсон хатти-ҳаракатининг кўп ҳолларда ҳам ахлоқийлик, ҳам нафосат уйғунлигидан иборат эканлигида; 2дан, Э.нинг асосий тадқиқот объекти бўлмиш санъат моҳиятан эзгулик ва ёвузлик ўртасидаги курашнинг бадиий инъикоси сифатида доимо долзарб ахлоқий муаммоларни кўтариб чиқади; 3дан, Э.нинг баъзи тушунчалари этика учун ҳам бирдек хизмат қилади; 4дан, Э. ўрганадиган хулқий гўзаллик соҳаси ахлоқ билан бевосита боғлиқ. Айни пайтда иккала фан бир-бирига жуда ўхшаш экан деган таассурот туғилмаслиги керак. Э. ҳар бир объектга аниқ, муайян ёндашувни талаб қилади, этика эса ҳамма учун умумий бўлган қонунқоидаларни, ҳикматларни ишлаб чиқади. Э.нинг психология билан алоқаси ҳам жуда муҳим: ҳар иккала фан руҳий ҳолатларни ўрганади. Ҳар иккала фан учун умумий бўлган санъат психологияси ва бадиий ижод психологияси деган махсус йўналишлар мавжуд. Э. ва социологиянинг ўзаро муносабатларида санъатни ҳамкорликда ўрганиш масалалари муҳим. Санъат асари алоҳида инсон шахсига эътибор қилгани ҳолда, жамиятни ижтимоий муносабатлар тизими, ижтимоий тузилма сифатида бадиий тадқиқ этади, айни пайтда социологик тадқиқотлар учун ўзига хос материал бўлиб хизмат қилади; социология жамият билан санъатнинг ўзаро алоқаларини, санъатнинг ижтимоий вазифаларини; санъаткорнинг жамиятдаги ўрни, мавқеи, китобхон ва томошабинларнинг ижтимоийдемографик ҳолатларини; шахс ижтимоийлашувида санъатлар ва санъат асарининг аҳамиятини таҳлил қилади. Мазкур муаммоларни ўрганиш учун Э. ва санъат социологияси соҳаси мавжуд. Э.нинг диншунослик билан алоқаси ҳам катта аҳамиятга эга; дин ва санъат доимо бир-бирини тўлдириб келади, кўп ҳолларда бири бошқаси учун яшаш шарти бўлиб хизмат қилади. Асрлар мобайнида, ана шу алоқалар натижаси ўлароқ, санъат асарининг ўзига хос кўриниши — динийбадиий асар вужудга келди. Мас, Шоҳизинда меъморий мажмуи, Кёльн жомеси, Рембрандтнинг «Муқаддас оила» асари, «Абу Муслим жангномаси» қиссаси ва бошқалар Э. бундай асарларни тадқиқ этар экан, албатта, диншунослик фани билан ҳамкорлик қилади. Э.нинг педагогика билан боғлиқлиги эстетик тарбия масалаларига бориб тақалади; пед. ҳам эстетик тарбия билан шуғулланади. Лекин у алоҳидаалоҳида, мустақил қисмларга бўлинган ҳолда, турли ёш ва соҳалар учунмахсус белгиланган тарбия тарзида олиб борилади. Мас, мактабгача тарбия, ўқувчилар тарбияси, жисмоний тарбия ва ҳ.к. Э. эса нафосат тарбиясининг умумий қонунқоидаларини ишлаб чиқади — инсон туғилганидан бошлаб, то ўлимигача ўтадиган умр босқичлари учун тааллуқли бўлган тарбия фалсафаси сифатида иш кўради. Э.нинг семиотика (белгилар ва белгилар тизимлари ҳақидаги фан) билан алоқадорлиги кейинги пайтларда янада теранроқ тадқиқ этилмоқда. Маълумки, ҳар бир санъат асарининг мазмунмоҳияти муайян белгилар воситасида намоён бўлади, яъни билиш ва баҳолаш натижалари бўлмиш семиотик ҳамда прагматик ахборотни ўзида мужассам қилган санъат асари ўша ахборотни етказиб беришга ҳам мўлжалланган; у санъат турига қараб турлича белгилар — ҳарфлар, чизиқлар, ноталар ва ҳ.к. орқали амалга оширилади. Санъатнинг семиотик белгилар билан боғлиқ ана шу томонларини — коммуникативвоситачилик жиҳатларини семиотика ўрганади; бу борада алоҳида тузилмасемиотик деб номланган назарий ёндашув ҳам мавжуд. Шунингдек, Э. барча санъатшунослик фанлари ҳамда табиат Э.си нуқтаи назаридан экология, ахборот назарияси жиҳатидан кибернетика билан алоқадорликда иш кўради.
Э. тарихининг ибтидоси Сомир (Шумер), Бобил, қадимий Миср, қадимий Хитой ва кейинроқ юнон мифларига бориб тақалади. Бундан 5—6 минг йил аввал илк ёзув — мих хатда битилган Сомир гилтахталаридаги матнларда «гўзаллик», «санъат», «мусиқа» сингари сўзларда акс этган.дастлабки эстетик тушунчаларни учратиш мумкин. қадимий Мисрда милоддан 4—4,5 минг йил аввал санъатнинг барча асосий турлари, сал кейинроқ эса профессионал театр вужудга келди. Зардуштийлик динининг муқаддас китоби Авестош илгари сурилган эстетик ғоялар кейинчалик Ҳиндистонда, ундан сўнг Юнонистонда Э. ривожига таъсир кўрсатди. қадимий Шаркдаги эстетик ғоялар дастлаб фойдалилик (нима фойдали бўлса — ўша гўзал), кейинроқ ахлоқийлик (нима эзгу бўлса — ўша гўзал) тамойиллари асосида шаклланди. Юнон мумтоз Э.си намояндалари, айниқса, Аристотель гўзалликнинг фойдалиликдан ва эзгуликдан алоҳида ҳолда мавжуд бўлиши мумкинлигини айтиб ўтди; бу жиҳатдан унинг «Поэтика» («Шеърият санъати») асари эътиборга молик. Ўрта асрларда мусулмон шарқи тасаввуф Э.си бу ғояларни такомилига етказиб, янги босқичга кўтарди; Уйғониш даври ва Янги давр Э.си тараққиёти учун назарий асос бўлиб хизмат қилди. Э. Бёрк, Д.Юм, И.Кант ва бошқалар меросида буни яққол кўриш мумкин. Мас, Кантнинг гўзаллик ҳақидаги машҳур 4 тамойилидан 3 таси шарқ файласуфлари назариялари асосига қурилган. Мазкур 3 тамойил — гўзалликнинг беғараз манфаатсиз муносабатга асосланганлиги; унинг заруратга айланган муҳаббатнинг объекти эканлиги (Ғазолий); гўзалликни оддий мантиқий ёндашув орқали билишимиз мумкин эмаслиги (Форобий) Кантни, гўзаллик биз учун ўзини мақсад шаклида эмас, мақсадга мувофиқлик шаклида намоён этади деган 4тамойилни яратишга олиб келди. Кантдан сўнг немис рационал Э.сида Шиллер, Шеллинг, Гегель назарияларининг Э. тараққиёти учун аҳамияти катта бўлди. Шопенгауэр, Ницше, Дильтей сингари норационал йўналишдаги файласуфларнинг эстетик қарашларида ҳам ўзига хос янги ғоялар илгари сурилди, мас, Шопенгауэр Э.га янги — «қизиқарлилик» категориясини киритди, Ницше эса санъатни икки — аполлонча ва дионисийча турга ажратиб ўрганишни таклиф этди. Энг янги давр Э.сида, З.Фрейд, айниқса, К.Юнг таълимотида санъат асари ва санъаткорнинг ўзаро муносабатларини руҳий типлар асосида ўрганилиши олға ташланган янги қадам бўлди. Шунингдек, Ж.П.Сартр, А.Камю, Г.Марсель, X. Ортега и Гасет ва бошқалар мутафаккирлар индустриал жамиятда гўзаллик ва санъатнинг такдири масалалари билан қизиқдилар. Ҳоз. Э.нинг миқёсийлашув жараёнида техника, табиат ва турмуш Э.сига ҳам жиддий эътибор берилмоқда; хулқий гўзаллик муаммоси янада муҳим ўрин эгаллай бошлади.
Ўзбек миллий Э.си тараққиёти тарихан минтақавий табиатга эга бўлиб, унинг илдизлари дастлаб Авесто, кейин монийликнинг муқаддас китоби Хуастуанифт (За.)га бориб тақалади. Ислом дини қабул қилингач, миллийминтақавий Э. Қуръони карим оятлари ва Ҳадиси шарифдаги «Аллоҳ гўзал ва У гўзалликни севади» деган тамойил асосида ривожланди. Бунда машшоиййунлик (Форобий, Ибн Сино) билан ёнмаён тасаввуф Э.сида кубровийлик (Нажмиддин Кубро). жўмардлик (Паҳлавон Маҳмуд), нақшбандия (Алишер Навоий) сингари тариқат мутафаккирларининг гўзаллик, санъат ва санъаткор борасидаги қарашлари муҳим аҳамият касб этди. Ўзбек Э.си тарихида, айниқса, Темурийлар даври алоҳида ўринга эга; Навоийнинг «Маҳбуб ул-қулуб», «Мажолис уннафоис», «Мезон улавзон» асарлари, 15—16-асрларда қатор тазкиралар ва мусиқа назарияси борасидаги рисолалар ўзбек Э.си ривожига улкан ҳисса бўлиб қўшилди. ХонликЛар ва чоризм мустамлакаси даврида эса ўзбек Э.си кўпроқ тазкираларда (Фазлий) ва шеърий шаклларда (Фурқат) ўз ифодасини топди. Ўзбек миллий Э.сидаги юксалиш 19-аср охирлари — 20-аср бошларига тўғри келади. Бу даврда маърифатчижадид мутафаккирлар янгича эстетик ғояларни ўртага ташладилар, бадиий адабиётда, драматургия жанрига ва замонавий театр санъатига асос солдилар. Анбар Отиннинг «Қаролар фалсафаси» (1910), Фитратнинг «Оила» (1914), кейинроқ «Адабиёт қоидалари» (1926) рисолалари юзага келди, Чўлпоннинг бадиий адабиёт, театр санъатига бағишланган турқум мақолалари эълон қилинди. Лекин шўролар ҳукмронлиги давридаги тоталитаризм барча фалсафий фанлар қатори Э.ни ҳам синфийлик ва партиявийлик тамойиллари асосида бирёқчамаликка, маҳдудликка, сохталикка маҳкум қилди. Ўзбекистон мустақилликка эришганидан сўнг Э.га алоҳида эътибор берила бошланди, эстетик маданият (М.Нурматов, М.Абдуллаев), эстетик қадриятлар (Т.Маҳмудов) борасида йирик тадқиқотлар эълон қилинди. Ҳоз. вақтда Э. назарияси ва тарихига доир жиддий изланишлар олиб борилмоқда (Т.Маҳмудов, А.Қурбонмамадов, Э.Умаров, А.Шер, Б. Ҳусанов). Ўзбекистон миллий ун~тида Э. йўналиши бўйича магистратура фаолият кўрсатмоқда, шу йўналишда аспирантура ва докторантура мавжуд. Мамлакатимизда фуқароларнинг эстетик тарбиясига тааллуқти турли тадбирлар, уларнинг эстетик дидини юксалтиришга қаратилган маънавиймаърифий ишлар мунтазам олиб борилади.
Ад.: Аристотел ь, Поэтика, Т., 1981; Маҳмудов Т., Гўзаллик ва ҳаёт. Т, 1974; Нурматов М., Танқид ва эстетика, Т, 1976; Махмудов Т., Эстетика и духовнме ценности, Т, 1993.
Абдулла Шер.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.