Estuariy
Manba: ÖzME, 10-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 235-b. — ziyouz.com
Estuariy (lot. — daryoning dengiz suviga tutaşgan quyiliş qismi) — daryoning dengizga quyiladigan joyidagi voronkasimon va dengiz tomon kengayib boradigan qismi, qöltiqça. E.ning hosil bölişi dengiz sathi kötarilişi natijasida daryo quyiliş qismi vodiysini suv bosişi bilan boğliq. Suv qaytgan paytda daryo oqizib keltirgan jinslar dengizga tuşib ketadi. Yenisey, Temza, Amur, Elba, Sena daryolari E. hosil qilib quyiladi.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
ЭСТУАРИЙ (лот. — дарёнинг денгиз сувига туташган қуйилиш қисми) — дарёнинг денгизга қуйиладиган жойидаги воронкасимон ва денгиз томон кенгайиб борадиган қисми, қўлтиқча. Э.нинг ҳосил бўлиши денгиз сатҳи кўтарилиши натижасида дарё қуйилиш қисми водийсини сув босиши билан боғлиқ. Сув қайтган пайтда дарё оқизиб келтирган жинслар денгизга тушиб кетади. Енисей, Темза, Амур, Эльба, Сена дарёлари Э. ҳосил қилиб қуйилади.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.