Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Evakuatsiya

    Manba: ÖzME, 10-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 2-b. — ziyouz.com

    Evakuatsiya (lot. yeuasio — böşataman) — 1) jangovar harakatlar bölayotgan yerlardan yarador, bemor, asirlar, şuningdek, ta'mirga muhtoj va ortiqça asbobuskunalar, harbiy öljalar va boşqalar moddiy vositalarni front ortiga jönatiş; 2) harbiy va siyosiy sabablar, şuningdek, tuzilgan şartnoma va bitimlar asosida qöşinlarni ilgari egallab turgan r-nlardan olib çiqib ketiş; 3) duşman hujumi xavfi ostida qolgan yoxud tabiiy ofat (suv toşqini va boşqalar) ga uçragan joylardan fuqarolar, korxonalar, idoralar, badiiy va boşqalar qadriyatlar, mulklarni olib çiqiş.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ЭВАКУАЦИЯ (лот. еуасио — бўшатаман) — 1) жанговар ҳаракатлар бўлаётган ерлардан ярадор, бемор, асирлар, шунингдек, таъмирга муҳтож ва ортиқча асбобускуналар, ҳарбий ўлжалар ва бошқалар моддий воситаларни фронт ортига жўнатиш; 2) ҳарбий ва сиёсий сабаблар, шунингдек, тузилган шартнома ва битимлар асосида қўшинларни илгари эгаллаб турган р-нлардан олиб чиқиб кетиш; 3) душман ҳужуми хавфи остида қолган ёхуд табиий офат (сув тошқини ва бошқалар) га учраган жойлардан фуқаролар, корхоналар, идоралар, бадиий ва бошқалар қадриятлар, мулкларни олиб чиқиш.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.