Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Evrifagiya

    Manba: ÖzME, 10-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 9–10-b. — ziyouz.com

    Evrifagiya (evri... va yun. rpayeyeş — yamoq), hammaxörlik — hayvonlarning eng xilmaxil, ya'ni ösimlik va hayvon mahsulotlari bilan oziqlanişi. E. köplab hayvon turlari, yovvoyi çöçqa, qönğir ayiq, kulrang kalamuş, qarğalar; umurtqasiz hayvonlardan sinantrop turlar, suvaraklar, ofiuralar va boşqalarga xos. E. hayvonlarning xilmaxil şaroitda yaşaşiga va arealnnkt kengayişiga imkon beradi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ЭВРИФАГИЯ (эври... ва юн. рпаееш — ямоқ), ҳаммахўрлик — ҳайвонларнинг энг хилмахил, яъни ўсимлик ва ҳайвон маҳсулотлари билан озиқланиши. Э. кўплаб ҳайвон турлари, ёввойи чўчқа, қўнғир айиқ, кулранг каламуш, қарғалар; умуртқасиз ҳайвонлардан синантроп турлар, сувараклар, офиуралар ва бошқаларга хос. Э. ҳайвонларнинг хилмахил шароитда яшашига ва ареалннкт кенгайишига имкон беради.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.