Evritop organizmlar
Manba: ÖzME, 10-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 9-b. — ziyouz.com
Evritop organizmlar (evri... va yun. 1oro8 — joy) — xilmaxil muhit şaroitida hayot keçira oladigan va keng miqyosda ekologik çidamlilikka ega bölgan hayvon va ösimliklar. E.o. areali, odatda, keng. Mas, oddiy qayin qum, loy tuproqli va moxli botqoqliklardan tortib, ba'zan daşt mintaqalarigaça tarqalgan. Dala siçqonlari daşt, ötloq, dalalar, örmon çetlari va boşqalar joylarda hayot keçiradi.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
ЭВРИТОП ОРГАНИЗМЛАР (эври... ва юн. 1оро8 — жой) — хилмахил муҳит шароитида ҳаёт кечира оладиган ва кенг миқёсда экологик чидамлиликка эга бўлган ҳайвон ва ўсимликлар. Э.о. ареали, одатда, кенг. Мас, оддий қайин қум, лой тупроқли ва мохли ботқоқликлардан тортиб, баъзан дашт минтақаларигача тарқалган. Дала сичқонлари дашт, ўтлоқ, далалар, ўрмон четлари ва бошқалар жойларда ҳаёт кечиради.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.