Fan
Manba: ÖzME, 9-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 32–34-b. — ziyouz.com
Fan — dunyo xaqidagi bilimlar sistemasi, ijtimoiy ong şakllaridan biri. U yangi bilimlarni egallaş b-n boğliq faoliyatni ham, bu faoliyatning mahsuli — olamning ilmiy. manzarasi asosini taşkil etuvçi bilimlarni ham öz içiga oladi; inson bilimlarining ayrim sohalarini ifodalaydi. F.ning bevosita maqsadi özining urganiş predmeti hisoblangan voqelikning qonunlarini kaşf etiş asosida şu voqelikning jarayon va hodisalarini ta'riflaş, tuşuntiriş, oldindan aytib berişdir.
F.ning ilk kurtaklari kişilik jamiyatining paydo bölişi b-n boglik holda maydonga kelgan. Dastlabki bilimlar amaliy xarakterga ega bölgan. Tafakkur sistemasining kurtaklari mifologiya sifatida qad. Şarq va Yunonistonda paydo böla boşlagan. Mifologiya F.ga ötiş bösağasida ma'lum bosqiç vazifasini bajargan. Rivojlaniş davom etişi b-n mifologiya örnini naturfalsafa egalladi. Avestoyaa mifologiya va fan unsurlari bor edi. Zenon, Demokrit, Aristotel va b. kadimgi zamon mutafakkirlari tabiat, jamiyat va tafakkurni goho birgalikda, goho ayrimayrim ravişda bayon etişga urina boşladilar. Dunyoni bir butun, deb ifodalovçi tuşunçalar, isbotlaş usuli paydo böldi. Ellinizm davrida Yevklid, Arximed, Ptolemey tomonidan geom., mexanika, astronomiya sohasida dastlabki nazariy sistemalar yaratildi. Örta asrda Şarq olimlari F.ga ulkan hissa qöşdilar. Ular qad. fan yutuqlarini, ilmiy asarlarni saklaş, tarjima qiliş va ularni tarqatiş masalasiga katta e'tibor berdilar. Ayni vaqtda F.ni yangi yutuklar b-n boyitdilar, yangi kaşfiyotlar qildilar. Örta Osiyoning buyuk olimlari ilmfanning yangi tarmoqlarini yaratdilar va yangi qonunqoidalarni kaşf etdilar. Muhammad alXorazmiy tenglamalar haqidagi F. sifatida algebra va tönğiç algoritmparni yaratdi, astronomiya sohasidagi bilimlarni algoritmik usulda ifodalab berdi. Axmad al Farğoniy astronomiyaga sistema tarzini berdi, matematik geogr. va geodeziyaga oid stereografik proyeksiyalar nazariyasini yaratdi. Hamid Xöjandiy (10-a.) kub tenglamalar nazariyasini çuqurlaştirdi. Mahmud Koşğariy öz davrining qomusi bölgan «Devonu luğotit turk»ni yozdi. Abu Rayhon Beruniy geodeziya, mineralogiya, farmakognoziyani yaratdi. Abu Ali Ibn Sino tabobatning ilmiy zaminini qöydi (11-a.) Uluğbek, Ğiyosiddin Koşiy, Ali Kuşçi sonlar nazariyasiga muhim hissa qöşdilar va kuzatiş astronomiyasini yuqori poğonaga kötardilar (15-a.). Yevropada Uyğoniş davri arafasida, 12- a. boşlaridan alXorazmiy, Ibn Sino, alKindiy, Ibn Ruşd va b.ning asarlari lotin tiliga tarjima qilina boşladi. Leonardo da Vinçi, R.Bekon, T.Gobbs, N.Kopernik, J. Bruno, G.Galiley, I.Kepler, R.Dekart kabi olimlar tabiat haqidagi F.larni rivojlantirdilar. Astrologiya örnini astronomiya, alkimyo örnini kimyo egalladi.
Yangi davr deb ataluvçi zamonda F.ning ijtimoiy roli yanada oşdi. U madaniyatning muhim tarmoği va texnikaning nazariy asosiga aylana boşladi. 16—17-a.larda klassik fizikaning poydevori qurildi. F.ning nazariya darajasiga kötarilganligi tafakkurning induktiv va deduktiv rivojlanişiga yöl oçib berdi. Mavjud ilmiy faktlar I.Nyuton tomonidan dinamikaning asosiy qonuni sifatida ta'riflandi. Bu umumlaştirilgan qonundan 16—19-a. larda xususiy qonuniyatlar kaşf etildi. Lagranj, Eyler, Gauss va b. ijodi mexanikani moddiy nuqtalar sistemasi tarzida şakllanişiga olib keldi. Mexanika F.i şu darajada mantiqiy rivojlandiki, har xil soha olimlari unga havas qila boşladilar va uning isbotlangan qonuniyatlaridan boşqa sohalarda ham foydalaniş harakatiga tuşdilar.
Sanoatda tub özgarişlar yuz berişi (18-a. oxiri) tufayli F.ning taraqqiyotida yangi bosqiç boşlandi. 19-a.da fizikada yangi F.lar (termodinamika, klassik elektrodinamika) paydo böldi, biol.da evolyutsion ta'limot va hujayra nazariyasi vujudga keldi, energiyaning saklaniş va özgariş qonuni şakllandi, astronomiya va mat. da yangi konsepsiyalar rivojlandi (J.Maksvell, M. Faradey, J. Lamark, Ç.Darvin, T.Şvann, M.Şleyden va b.). Geom. sohasida inqilobiy ta'limot yaratildi: asrlar davomida hukm surib kelgan Yevklid geometriyasi yagona emasligi, balki noyevklid geom.lar ham borligi N.Lobaçevskiy tomonidan bayon etildi va keyinçalik isbotlandi. DM.Mendeleyevning davriy sistemasi xar xil kimyoviy elementlar orasidagi içki boglanişni ifodaladi. Mat. va fizikada 20-a.da ham katta yutuklar qölga kiritildi, texnika F.larida radiotexnika, elektronika kabi sohalar paydo böldi. F. va texnikaning yanada rivojlanişiga ta'siri borgan sari ortib borayotgan kibernetika vujudga keldi. Fizika va kimyo F.laridagi muvaffaqiyatlar hujayralardagi biologik jarayonlarni yanada çuqurroqörganişga imkon berdi, bu hol q.x. va tibbiyot F.larining rivojlanişiga olib keldi. F.ning i.ç. bilan yaqin hamkorligi yuz berib, uning ijtimoiy xayot b-n aloqalari mustahkamlana boşladi. Hozirgi F.lar fantexnika inkilobinnng muhim tarkibiy qismi hisoblanadi.
F. tizimi umuman kuyidagi katta guruhlarga bölinadi: tabiiy F.lar, gumanitar F.lar, texnika F.lari va ijtimoiy F.lar. Bu guruhlarning har qaysisidan juda köp mustaqil F. sohalari ajraladi. Mustaqil F.lar bir-biriga boğliq sohalarda ilmiy izlanişning yirik va istiqbolli muammolarini yeçişga töğri keladi, bu hol hrz. paytda fanlararo va kompleks tadqiqotlarni keng avj oldirişni taqozo etadi. Tabiatni muhofaza qiliş muammosi bunga yaqqol misol böla oladi. Bu muammo texnika F.lari, Yer tögrisidagi F.lar, biol„ mat., tibbiyot, iqtisodiyot va boşqalar b-n qöşilib ketgan. Bu xildagi ilmiy va ilmiytexnik muammolarni hal qiliş uçun xoz. fanlarda tadqiqotlarni dasturiymaqsadli taşkil etiş metodi keng qöllaniladi. Ilmiy tadqikrtlarni 2 ga: fundamental va amaliy tadqiqotlarga ajratiş qabul qilingan. Tabiat, jamiyat, tafakkurga xos qonunlarni bilib oliş fundamental tadqiqotlarning, bu tadqiqotlar natijalarini bilim orttiriş va ijtimoiyamaliy muammolarni hal qiliş uçun qöllaş amaliy tadqiqotlarning vazifasidir. Fundamental tadqiqotlar, odatda, amaliy tadqiqotlardan oldinda boradi va ular uçun nazariy asos yaratadi. Fundamental va amaliy tadqiqotlar örtasidagi özaro boğliqlikni mustahkamlaş, ilmiy yutuqlar natijalarini amaliyotga tezroq joriy etiş — hoz. davr F.i uçun muhim vazifalardan biridir.
Hoz. davrda F. jamiyat taraqqiyotini olğa siljituvçi kuç va vosita bölib qolayotganligini kuzatiş mumkin. Xalq va millat dunyoqaraşini şakllantiriş, ta'limtarbiya, axloq normalarini vujudga keltiriş, ma'naviy barkamol insonni tarbiyalaşda F. alohida örin tutmoqda.
Mustaqillik şaroiti Uzbekistonda F.ning rivojiga katta ijobiy ta'sir körsatdi. Avvalo, F.imiz strukturasi keskin özgardi: ma'naviy F.lar hisoblanuvçi tasavvuf ilmi tiklandi, hadis bilimlariga yöl oçildi, binobarin, ziyolilarimiz, talabalarning ruhiy dunyosi ança boyidi, yangi oliy öquv yurtlari, un-tlar taşkil qilindi; ilm ahli çet eldagi olimlar b-n mustah.kam ijodiy aloqalar örnatdi. Buning natijasida tabiat va texnikatexnologiya haqidagi F.larimiz xam jahon andozasi darajasiga kötarila boşladi. Olimlarimiz ilmfanning dolzarb sohalarida tadqiqotlar olib borişga kirişdilar. Tabiiy va ijtimoiy jarayonlarni matematik modellaş, informatika va hisoblaş texnikasi qamda ehtimollar nazariyasi sohasidagi, geologik jarayonlarning qonuniyatlarni, molekulyargenetik, genhujayra sohasidagi, tibbiyot, q.x., paxta seleksiyaçiligidagi, moddalarning kompleks fizikaviykimyoviy xossalarini örganiş b-n boğliq, energiyaning noan'anaviy turlarini yaratiş — Quyoş energiyasini kompleks va samarali suratda boşqa turdagi energiyaga aylantiriş borasidagi tadqiqotlar ana şular jumlasidandir.
Omonulla Fayzullayev.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
ФАН — дунё хақидаги билимлар системаси, ижтимоий онг шаклларидан бири. У янги билимларни эгаллаш б-н боғлиқ фаолиятни ҳам, бу фаолиятнинг маҳсули — оламнинг илмий. манзараси асосини ташкил этувчи билимларни ҳам ўз ичига олади; инсон билимларининг айрим соҳаларини ифодалайди. Ф.нинг бевосита мақсади ўзининг урганиш предмети ҳисобланган воқеликнинг қонунларини кашф этиш асосида шу воқеликнинг жараён ва ҳодисаларини таърифлаш, тушунтириш, олдиндан айтиб беришдир.
Ф.нинг илк куртаклари кишилик жамиятининг пайдо бўлиши б-н боглик ҳолда майдонга келган. Дастлабки билимлар амалий характерга эга бўлган. Тафаккур системасининг куртаклари мифология сифатида қад. Шарқ ва Юнонистонда пайдо бўла бошлаган. Мифология Ф.га ўтиш бўсағасида маълум босқич вазифасини бажарган. Ривожланиш давом этиши б-н мифология ўрнини натурфалсафа эгаллади. Авестояа мифология ва фан унсурлари бор эди. Зенон, Демокрит, Аристотель ва б. кадимги замон мутафаккирлари табиат, жамият ва тафаккурни гоҳо биргаликда, гоҳо айримайрим равишда баён этишга урина бошладилар. Дунёни бир бутун, деб ифодаловчи тушунчалар, исботлаш усули пайдо бўлди. Эллинизм даврида Евклид, Архимед, Птолемей томонидан геом., механика, астрономия соҳасида дастлабки назарий системалар яратилди. Ўрта асрда Шарқ олимлари Ф.га улкан ҳисса қўшдилар. Улар қад. фан ютуқларини, илмий асарларни саклаш, таржима қилиш ва уларни тарқатиш масаласига катта эътибор бердилар. Айни вақтда Ф.ни янги ютуклар б-н бойитдилар, янги кашфиётлар қилдилар. Ўрта Осиёнинг буюк олимлари илмфаннинг янги тармоқларини яратдилар ва янги қонунқоидаларни кашф этдилар. Муҳаммад алХоразмий тенгламалар ҳақидаги Ф. сифатида алгебра ва тўнғич алгоритмпарни яратди, астрономия соҳасидаги билимларни алгоритмик усулда ифодалаб берди. Ахмад ал Фарғоний астрономияга система тарзини берди, математик геогр. ва геодезияга оид стереографик проекциялар назариясини яратди. Ҳамид Хўжандий (10-а.) куб тенгламалар назариясини чуқурлаштирди. Маҳмуд Кошғарий ўз даврининг қомуси бўлган «Девону луғотит турк»ни ёзди. Абу Райҳон Беруний геодезия, минералогия, фармакогнозияни яратди. Абу Али Ибн Сино табобатнинг илмий заминини қўйди (11-а.) Улуғбек, Ғиёсиддин Коший, Али Кушчи сонлар назариясига муҳим ҳисса қўшдилар ва кузатиш астрономиясини юқори поғонага кўтардилар (15-а.). Европада Уйғониш даври арафасида, 12- а. бошларидан алХоразмий, Ибн Сино, алКиндий, Ибн Рушд ва б.нинг асарлари лотин тилига таржима қилина бошлади. Леонардо да Винчи, Р.Бэкон, Т.Гоббс, Н.Коперник, Ж. Бруно, Г.Галилей, И.Кеплер, Р.Декарт каби олимлар табиат ҳақидаги Ф.ларни ривожлантирдилар. Астрология ўрнини астрономия, алкимё ўрнини кимё эгаллади.
Янги давр деб аталувчи замонда Ф.нинг ижтимоий роли янада ошди. У маданиятнинг муҳим тармоғи ва техниканинг назарий асосига айлана бошлади. 16—17-а.ларда классик физиканинг пойдевори қурилди. Ф.нинг назария даражасига кўтарилганлиги тафаккурнинг индуктив ва дедуктив ривожланишига йўл очиб берди. Мавжуд илмий фактлар И.Ньютон томонидан динамиканинг асосий қонуни сифатида таърифланди. Бу умумлаштирилган қонундан 16—19-а. ларда хусусий қонуниятлар кашф этилди. Лагранж, Эйлер, Гаусс ва б. ижоди механикани моддий нуқталар системаси тарзида шаклланишига олиб келди. Механика Ф.и шу даражада мантиқий ривожландики, ҳар хил соҳа олимлари унга ҳавас қила бошладилар ва унинг исботланган қонуниятларидан бошқа соҳаларда ҳам фойдаланиш ҳаракатига тушдилар.
Саноатда туб ўзгаришлар юз бериши (18-а. охири) туфайли Ф.нинг тараққиётида янги босқич бошланди. 19-а.да физикада янги Ф.лар (термодинамика, классик электродинамика) пайдо бўлди, биол.да эволюцион таълимот ва ҳужайра назарияси вужудга келди, энергиянинг сакланиш ва ўзгариш қонуни шаклланди, астрономия ва мат. да янги концепциялар ривожланди (Ж.Максвелл, М. Фарадей, Ж. Ламарк, Ч.Дарвин, Т.Шванн, М.Шлейден ва б.). Геом. соҳасида инқилобий таълимот яратилди: асрлар давомида ҳукм суриб келган Евклид геометрияси ягона эмаслиги, балки ноевклид геом.лар ҳам борлиги Н.Лобачевский томонидан баён этилди ва кейинчалик исботланди. ДМ.Менделеевнинг даврий системаси хар хил кимёвий элементлар орасидаги ички богланишни ифодалади. Мат. ва физикада 20-а.да ҳам катта ютуклар қўлга киритилди, техника Ф.ларида радиотехника, электроника каби соҳалар пайдо бўлди. Ф. ва техниканинг янада ривожланишига таъсири борган сари ортиб бораётган кибернетика вужудга келди. Физика ва кимё Ф.ларидаги муваффақиятлар ҳужайралардаги биологик жараёнларни янада чуқурроқўрганишга имкон берди, бу ҳол қ.х. ва тиббиёт Ф.ларининг ривожланишига олиб келди. Ф.нинг и.ч. билан яқин ҳамкорлиги юз бериб, унинг ижтимоий хаёт б-н алоқалари мустаҳкамлана бошлади. Ҳозирги Ф.лар фантехника инкилобинннг муҳим таркибий қисми ҳисобланади.
Ф. тизими умуман куйидаги катта гуруҳларга бўлинади: табиий Ф.лар, гуманитар Ф.лар, техника Ф.лари ва ижтимоий Ф.лар. Бу гуруҳларнинг ҳар қайсисидан жуда кўп мустақил Ф. соҳалари ажралади. Мустақил Ф.лар бир-бирига боғлиқ соҳаларда илмий изланишнинг йирик ва истиқболли муаммоларини ечишга тўғри келади, бу ҳол ҳрз. пайтда фанлараро ва комплекс тадқиқотларни кенг авж олдиришни тақозо этади. Табиатни муҳофаза қилиш муаммоси бунга яққол мисол бўла олади. Бу муаммо техника Ф.лари, Ер тўгрисидаги Ф.лар, биол„ мат., тиббиёт, иқтисодиёт ва бошқалар б-н қўшилиб кетган. Бу хилдаги илмий ва илмийтехник муаммоларни ҳал қилиш учун хоз. фанларда тадқиқотларни дастуриймақсадли ташкил этиш методи кенг қўлланилади. Илмий тадқикртларни 2 га: фундаментал ва амалий тадқиқотларга ажратиш қабул қилинган. Табиат, жамият, тафаккурга хос қонунларни билиб олиш фундаментал тадқиқотларнинг, бу тадқиқотлар натижаларини билим орттириш ва ижтимоийамалий муаммоларни ҳал қилиш учун қўллаш амалий тадқиқотларнинг вазифасидир. Фундаментал тадқиқотлар, одатда, амалий тадқиқотлардан олдинда боради ва улар учун назарий асос яратади. Фундаментал ва амалий тадқиқотлар ўртасидаги ўзаро боғлиқликни мустаҳкамлаш, илмий ютуқлар натижаларини амалиётга тезроқ жорий этиш — ҳоз. давр Ф.и учун муҳим вазифалардан биридир.
Ҳоз. даврда Ф. жамият тараққиётини олға силжитувчи куч ва восита бўлиб қолаётганлигини кузатиш мумкин. Халқ ва миллат дунёқарашини шакллантириш, таълимтарбия, ахлоқ нормаларини вужудга келтириш, маънавий баркамол инсонни тарбиялашда Ф. алоҳида ўрин тутмоқда.
Мустақиллик шароити Узбекистонда Ф.нинг ривожига катта ижобий таъсир кўрсатди. Аввало, Ф.имиз структураси кескин ўзгарди: маънавий Ф.лар ҳисобланувчи тасаввуф илми тикланди, ҳадис билимларига йўл очилди, бинобарин, зиёлиларимиз, талабаларнинг руҳий дунёси анча бойиди, янги олий ўқув юртлари, ун-тлар ташкил қилинди; илм аҳли чет элдаги олимлар б-н мустаҳ.кам ижодий алоқалар ўрнатди. Бунинг натижасида табиат ва техникатехнология ҳақидаги Ф.ларимиз хам жаҳон андозаси даражасига кўтарила бошлади. Олимларимиз илмфаннинг долзарб соҳаларида тадқиқотлар олиб боришга киришдилар. Табиий ва ижтимоий жараёнларни математик моделлаш, информатика ва ҳисоблаш техникаси қамда эҳтимоллар назарияси соҳасидаги, геологик жараёнларнинг қонуниятларни, молекуляргенетик, генҳужайра соҳасидаги, тиббиёт, қ.х., пахта селекциячилигидаги, моддаларнинг комплекс физикавийкимёвий хоссаларини ўрганиш б-н боғлиқ, энергиянинг ноанъанавий турларини яратиш — Қуёш энергиясини комплекс ва самарали суратда бошқа турдаги энергияга айлантириш борасидаги тадқиқотлар ана шулар жумласидандир.
Омонулла Файзуллаев.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.