Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Faradey qonuni

    Manba: ÖzME, 9-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 43-b. — ziyouz.com

    Matn sifati past bölişi mumkin. Bu maqola PDF'dagi buzuq belgilar bilan olingan (işonç 85%): ayrim söz va raqamlar xato bölişi mumkin — iqtibos keltirişdan oldin asl matn bilan solişting.

    Faradey qonuni - elektrolizning miqdoriy qonunlari. M. Faradey oçgan (1833—34). F.q. elektrodlarda ajralgan modda massasining modda tabiatiga va elektrolitdan ötgan zaryad miqdoriga boğlanişini ifodalaydi. Faradeyning lqonuni elektrodda ajralgan moddaning massasi t elektrolitdan ötgan zaryad mikdori q ga töğri proporsional ekanligini, 2qonuni elektrolitdan bir xil zaryad ötganda ajraladigan turli moddalarning massalari bu moddalarning kimyoviy ekvivalentlari A ga proporsional ekanligini bildiradi. Faradeyning 2qonunidan turli moddalarning 1 ga ekvivalentini ajratiş uçun bir xil zaryad kerakligi kelib çiqadi. F.q.ni m=qA/F=kq şaklda yoziş mumkin, bunda F— Faradey soni, k=A/F — moddaning elektrokimyoviy ekvivalenta.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ФАРАДЕЙ ҚОНУНИ - электролизнинг миқдорий қонунлари. М. Фарадей очган (1833—34). Ф.қ. электродларда ажралган модда массасининг модда табиатига ва электролитдан ўтган заряд миқдорига боғланишини ифодалайди. Фарадейнинг lқонуни электродда ажралган модданинг массаси т электролитдан ўтган заряд микдори q га тўғри пропорционал эканлигини, 2қонуни электролитдан бир хил заряд ўтганда ажраладиган турли моддаларнинг массалари бу моддаларнинг кимёвий эквивалентлари А га пропорционал эканлигини билдиради. Фарадейнинг 2қонунидан турли моддаларнинг 1 га эквивалентини ажратиш учун бир хил заряд кераклиги келиб чиқади. Ф.қ.ни m=qA/F=kq шаклда ёзиш мумкин, бунда F— Фарадей сони, k=A/F — модданинг электрокимёвий эквивалента.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.