Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Farğona kimyoviy tolalar zavodi

    Manba: ÖzME, 9-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 64-b. — ziyouz.com

    Farğona kimyoviy tolalar zavodi — kimyo sanoatining yirik korxonasi. «Özkimyosanoat» davlataksiyadorlik kompaniyasi tarkibida, davlat korxonasi maqomiga ega. Diatsetatsellyuloza, atseton va kaprolaktamdan töqimaçilik va trikotaj sanoati uçun yaxlit atsetat iplar, poliamid6 granulalari, poliamid iplar, avtomobil şinalari kordi qoplamasi işlab çiqaradi.

    Korxona 1969 y.dan atsetat iplari i.ç. yönalişida işga tuşirilgan. 1998 y.da plastmassa, kolbasa pusti, avtomobil ğildiraklari uçun şina, rezinatexnika asboblari işlab çiqarişda qöllaniladigan poliamid granulalari i.ç. sexida Germaniya uskunalari örnatildi. Mahsulotlari Jan.Şarqiy Osiyo mamlakatlari, Rossiya, Turkiya, Portugaliyaga eksport qilinadi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ФАРҒОНА КИМЁВИЙ ТОЛАЛАР ЗАВОДИ — кимё саноатининг йирик корхонаси. «Ўзкимёсаноат» давлатакциядорлик компанияси таркибида, давлат корхонаси мақомига эга. Диацетатцеллюлоза, ацетон ва капролактамдан тўқимачилик ва трикотаж саноати учун яхлит ацетат иплар, полиамид6 гранулалари, полиамид иплар, автомобиль шиналари корди қопламаси ишлаб чиқаради.

    Корхона 1969 й.дан ацетат иплари и.ч. йўналишида ишга туширилган. 1998 й.да пластмасса, колбаса пусти, автомобиль ғилдираклари учун шина, резинатехника асбоблари ишлаб чиқаришда қўлланиладиган полиамид гранулалари и.ч. цехида Германия ускуналари ўрнатилди. Маҳсулотлари Жан.Шарқий Осиё мамлакатлари, Россия, Туркия, Португалияга экспорт қилинади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.