Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Farrux Abdullayeviç Kagarov

    Manba: ÖzME, 4-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 18–19-b. — ziyouz.com

    Kagarov Farrux Abdullayeviç (1937.23.11 — Toşkent — 2001.21.1) — grafik rassom, plakatçi; Özbekiston xalq rassomi (1989). Toşkent pedagogika in-tining badiiy grafika f-tini tugatgan (1959). Asosan, siyosiy plakat, kitob bezagi va hajviy janrlarda ijod qildi. Ijodida tinçlik mavzui yetakçi örin tutadi; hajviy asarlari «Muştum» jur.da bosilgan. 80-y.lar oxiridan manzarali rangtasvir b-n şuğullandi. «Muştum» jur. tahrir hay'ati a'zosi (1986 y.dan). Özbekiston rassomlar uyuşmasi Plakatçilar seksiyasi raisi (1965—77 va 1982—86). Hamza nomidagi Özbekiston Davlat mukofoti laureati (1981).

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    КАГАРОВ Фаррух Абдуллаевич (1937.23.11 — Тошкент — 2001.21.1) — график рассом, плакатчи; Ўзбекистон халқ рассоми (1989). Тошкент педагогика ин-тининг бадиий графика ф-тини тугатган (1959). Асосан, сиёсий плакат, китоб безаги ва ҳажвий жанрларда ижод қилди. Ижодида тинчлик мавзуи етакчи ўрин тутади; ҳажвий асарлари «Муштум» жур.да босилган. 80-й.лар охиридан манзарали рангтасвир б-н шуғулланди. «Муштум» жур. таҳрир ҳайъати аъзоси (1986 й.дан). Ўзбекистон рассомлар уюшмаси Плакатчилар секцияси раиси (1965—77 ва 1982—86). Ҳамза номидаги Ўзбекистон Давлат мукофоти лауреати (1981).

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.