Fath alişoh
Manba: ÖzME, 9-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 77-b. — ziyouz.com
Fath alişoh (haqiqiy ismi — Boboxon) (1766/71 1834.24.10, Qum ş.da dafn etilgan) — qojarlar sulolasidan bölgan Eron şohi (1797 y.dan). F.A. hukmronligi davrida Eron içki nizolar tufayli zaiflaşib, Yevropa davlatlari va podşo Rossiyasining mustamlakaçilik yurişlari obyektiga aylangan. F.A.Fransiya (1807), Buyuk Britaniya (1801, 1809, 1814), Rossiya (1813, 1828) b-n tengsiz bitimlar imzolagan.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
ФАТҲ АЛИШОҲ (ҳақиқий исми — Бобохон) (1766/71 1834.24.10, Қум ш.да дафн этилган) — қожарлар сулоласидан бўлган Эрон шоҳи (1797 й.дан). Ф.А. ҳукмронлиги даврида Эрон ички низолар туфайли заифлашиб, Европа давлатлари ва подшо Россиясининг мустамлакачилик юришлари объектига айланган. Ф.А.Франция (1807), Буюк Британия (1801, 1809, 1814), Россия (1813, 1828) б-н тенгсиз битимлар имзолаган.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.