Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Fayyum

    Manba: ÖzME, 9-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 18–19-b. — ziyouz.com

    Fayyum FAYYUM, Al-Fayyum — Misrdagi voha, Liviya çölining şarqiy qismidagi tektonik botiqda (dengiz sathidan 43 m pastda). Markaziy qismida Fayyum ş. joylaşgan. T.y. va avtomobil yöllari orqali Qohira ş. bilan boğlangan. Xurmozorlar bor. Dehqonçilikda paxta, şoli, donli ekinlar ekiladi. Töqimaçilik, tamaki, oziq-ovqat, kunteri korxonalari bor. F.da paleolit va neolit davriga oid manzilgoxlar, 1887 y.da Fayyum portretlari topilgan.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ФАЙЮМ, Ал-Файюм — Мисрдаги воҳа, Ливия чўлининг шарқий қисмидаги тектоник ботиқда (денгиз сатҳидан 43 м пастда). Марказий қисмида Файюм ш. жойлашган. Т.й. ва автомобиль йўллари орқали Қоҳира ш. билан боғланган. Хурмозорлар бор. Деҳқончиликда пахта, шоли, донли экинлар экилади. Тўқимачилик, тамаки, озиқ-овқат, кунтери корхоналари бор. Ф.да палеолит ва неолит даврига оид манзилгохлар, 1887 й.да Файюм портретлари топилган.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.