Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Fenolformaldegid smolalar

    Manba: ÖzME, 9-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 94-b. — ziyouz.com

    Fenolformaldegid smolalar — fenol b-n formaldegidnnng polikondensatlanişidan hosil bölgan mahsulotlar. Boşlanğiç moddalar miqsorining nisbati va muhitning rN iga (q. Vodorod körsatgiç) qarab reaksiya natijasida faqat qöşimça kimyoviy reagentlar iştirokida qotadigan F.f.s. (novoloklar) yoki heç qanday reagentlar iştirokisiz qotadigan F.f.s. (rezollar) hosil bölişi mumkin. F.f.s. issiqqa va sovuqqa çidamli, elektroizolyatsion xossaga ega, spirt va atsetonda eriydi, rangi oç sariqdan jigarranggaça bölib, quyoş nuri ta'sirida yoki i.ç. jarayonida töqjigarrang yoki hatto qora rangga ötadi. F.f.s. fenoplastlar, yelimlar va loklar i.ç.da qöllanadi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ФЕНОЛФОРМАЛЬДЕГИД СМОЛАЛАР — фенол б-н формальдегиднннг поликонденсатланишидан ҳосил бўлган маҳсулотлар. Бошланғич моддалар миқцорининг нисбати ва муҳитнинг рН ига (қ. Водород кўрсатгич) қараб реакция натижасида фақат қўшимча кимёвий реагентлар иштирокида қотадиган Ф.ф.с. (новолоклар) ёки ҳеч қандай реагентлар иштирокисиз қотадиган Ф.ф.с. (резоллар) ҳосил бўлиши мумкин. Ф.ф.с. иссиққа ва совуққа чидамли, электроизоляцион хоссага эга, спирт ва ацетонда эрийди, ранги оч сариқдан жигарранггача бўлиб, қуёш нури таъсирида ёки и.ч. жараёнида тўқжигарранг ёки ҳатто қора рангга ўтади. Ф.ф.с. фенопластлар, елимлар ва локлар и.ч.да қўлланади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.