Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Filetik evolyutsiya

    Manba: ÖzME, 9-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 137-b. — ziyouz.com

    Filetik evolyutsiya - organizm guruhlaridagi xarakatlantiruvçi tabiiy tanlaniş ta'sirida keyingi avlod individlarining progressiv moslanişidan iborat evolyutsiyasi. «F.e.» termini amerikalik paleontolog J. Simpson tomonidan taklif etilgan (1944). F.e.da mazkur turning genofondi bir butun holda divergensiyasiz özgaradi. F.e.ga otlar evolyutsiyasi misol böladi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ФИЛЕТИК ЭВОЛЮЦИЯ - организм гуруҳларидаги харакатлантирувчи табиий танланиш таъсирида кейинги авлод индивидларининг прогрессив мосланишидан иборат эволюцияси. «Ф.э.» термини америкалик палеонтолог Ж. Симпсон томонидан таклиф этилган (1944). Ф.э.да мазкур турнинг генофонди бир бутун ҳолда дивергенциясиз ўзгаради. Ф.э.га отлар эволюцияси мисол бўлади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.