Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Fizik doimiylar

    Manba: ÖzME, 9-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 118-b. — ziyouz.com

    Fizik doimiylar FIZIK DOIMIYLAR, fizik konstantalar — fizik krnunlarning tenglamalariga kiradigan sonli koeffitsiyentlar. F.d.larga yoruğlik tezligi, elektron zaryadi, Plank, Avogadro, Faradey doimiylari va h.k. kiradi. F.d. qatoriga mustaqil doimiylar ham, ularning kombinatsiyalari (mas, Faradey, Bolsman, StefanBolsman doimiylari) ham kirişi mumkin. F.d.ning son qiymatlari eksperimentlar asosida topiladi va biror birliklar tizimida ifodalanadi. Fizik eksperimentlar texnikasi va fizik nazariyalar rivojlanişi b-n F.d.ning qiymatlari aniqlaşib boradi. Hoz. zamon fizikasi va texnikasidagi köpgina ölçaşlar F.d.ning aniq qiymatlarini (mas, radiolokatsiyada yoruğlik tezligini) bilişni taqozo qiladi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ФИЗИК ДОИМИЙЛАР, физик константалар — физик крнунларнинг тенгламаларига кирадиган сонли коэффициентлар. Ф.д.ларга ёруғлик тезлиги, электрон заряди, Планк, Авогадро, Фарадей доимийлари ва ҳ.к. киради. Ф.д. қаторига мустақил доимийлар ҳам, уларнинг комбинациялари (мас, Фарадей, Больцман, СтефанБольцман доимийлари) ҳам кириши мумкин. Ф.д.нинг сон қийматлари экспериментлар асосида топилади ва бирор бирликлар тизимида ифодаланади. Физик экспериментлар техникаси ва физик назариялар ривожланиши б-н Ф.д.нинг қийматлари аниқлашиб боради. Ҳоз. замон физикаси ва техникасидаги кўпгина ўлчашлар Ф.д.нинг аниқ қийматларини (мас, радиолокацияда ёруғлик тезлигини) билишни тақозо қилади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.