Fiziologik eritmalar
Manba: ÖzME, 9-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 129-b. — ziyouz.com
Fiziologik eritmalar - tarkibidagi tuz mikdori osmotik bosimi va b. xossalari böyiça qon plazmasiga yaqin turadigan suvli eritmalar (0,9% li NaCl, glyukozaning 4,5% li eritmasi, Ringer, Lokk eritmalari va b.). F.e., odatda, izotonik eritmalar deb ham yuritiladi. Tarkibi jihatidan qon plazmasiga köproq Ringer, Lokk va Tirode eritmalari yaqin, bularda NaCl dan taşqari K.C1, SaS12, NaHCOj, ba'zan MgCl,, fosfatlar va glyukoza böladi. Tibbiyotda (davolaş maqsadida organizmga yuboriladi) va organizmdan ajratilgan a'zolarni örganişda (tadqiqot işlarida) F.e.dan foydalaniladi.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
ФИЗИОЛОГИК ЭРИТМАЛАР - таркибидаги туз микдори осмотик босими ва б. хоссалари бўйича қон плазмасига яқин турадиган сувли эритмалар (0,9% ли NaCl, глюкозанинг 4,5% ли эритмаси, Рингер, Локк эритмалари ва б.). Ф.э., одатда, изотоник эритмалар деб ҳам юритилади. Таркиби жиҳатидан қон плазмасига кўпроқ Рингер, Локк ва Тироде эритмалари яқин, буларда NaCl дан ташқари К.С1, СаС12, NaHCOj, баъзан MgCl,, фосфатлар ва глюкоза бўлади. Тиббиётда (даволаш мақсадида организмга юборилади) ва организмдан ажратилган аъзоларни ўрганишда (тадқиқот ишларида) Ф.э.дан фойдаланилади.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.