Flyuorografiya
Manba: ÖzME, 9-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 186-b. — ziyouz.com
Flyuorografiya FLYUOROGRAFIYA, radiofotografiya, rentgen o f otografiya — rentgenodiagnostika usuli; bunda obyektning rentgen apparati ekranidagi tasviri unçalik katta bölmagan fotoplyonkaga tuşiriladi. Ölçami 70x70 yoki 90x90 bölgan flyuorogrammalarda kökrak qafasi a'zolari tasviri olinadi.
F., asosan, kökrak qafasi a'zolari, sut bezlari, suyak sistemasi va b.ni tekşirişda qöllaniladi. Yaşirin keçadigan kasalliklarni ommaviy tekşiriş mumkinligi uning boşqa rentgenodiagnostik usullardan afzalligidir. F. kabinetlari köçma va statsionar böladi.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
ФЛЮОРОГРАФИЯ, радиофотография, рентген о ф отография — рентгенодиагностика усули; бунда объектнинг рентген аппарати экранидаги тасвири унчалик катта бўлмаган фотоплёнкага туширилади. Ўлчами 70x70 ёки 90x90 бўлган флюорограммаларда кўкрак қафаси аъзолари тасвири олинади.
Ф., асосан, кўкрак қафаси аъзолари, сут безлари, суяк системаси ва б.ни текширишда қўлланилади. Яширин кечадиган касалликларни оммавий текшириш мумкинлиги унинг бошқа рентгенодиагностик усуллардан афзаллигидир. Ф. кабинетлари кўчма ва стационар бўлади.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.