Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Fond bozori

    Manba: ÖzME, 9-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 202–204-b. — ziyouz.com

    Fond bozori FOND BOZORI, qimmatli qoğozlar bozori — moliya bozorining kimmatli qoğozlar emissiyasi va ularning oldisotdisi b-n şuğullanadigan sohasi. F.b.ning asosiy vazifasi: investitsiyalarni, ya'ni kengaytirilgan takror i.ç.ga va texnika ravnaqiga zarur investitsiya mablağlarini töplaş hamda taqsimlaş; qimmatli qoğozlar paketlaridan foydalangan hodda mulk egaligini özgartiriş; qimmatli qoğozlar oldisotdisi yöli b-n bozorni qayta taqsimlaş; qimmatli qoğozlar çiqariş yordamida davlat qarzini moliyalaştiriş va b.

    F.b. qatnaşçilari kapital «iste'molçilari» (emitentlar) va uni «takdim etuvçilar» (investorlar)dir. «Iste'molçilar» davlat, mahalliy hokimiyat organlari, yirik milliy va xalqaro kompaniyalar hisoblanadi. Investorlar esa institutsional (qimmatli qoğozlar b-n iş yurituvçi har xil moliyaviy kredit institutlari: tijorat va investitsiya banklari, suğurta jamiyatlari, pensiya fondlari va b.) va yakka (xususiy şaxslar, şu jumladan, vençur biznesining unça katta bölmagan korxona egalari) guruxlarga bölinadi.

    F.b. işlari uning professional xodimlari: brokerlar (bitimda öz kapitali b-n qatnaşuvçi vositaçilar), boşqaruvçilar (işonib topşirilgan qimmatli qoğozlarni idora qiladigan şaxslar), kliringlar (özaro majburiyatlarni aniqlaş b-n şugullanuvçi taşkilotlar), depozitariylar (qimmatli qoğozlarni saqlaş böyiça xizmat körsatadi); reyestr yurituvçilar (qimmat qoğozlarni röyxatdan ötkaziş işini bajaradi); savdo-sotiqni taşkil etuvçilar (qimmatli qogozlar b-n bitam tuzişga yordam beriş xizmagini bajaradi); jobberlar (qimmatli qoğozlar bozori konyunkturasi böyiça mutaxassislar) orqali amalga oşiriladi. Ular b-n birga qimmatli qoğozlar bozoriga bank xizmatçilari, investitsiya fondlari xodimlari, şuningdek, moliyaviy bozor uçun zarur bölgan qonunçilik va nazoratni ta'minlovçi davlat xizmatçilari va yuristlar xizmat körsatadi. F.b. infratuzilmasini fond birjasi, röyxat (reyestr)ga oluvçi muassasalar, depozitariylar tizimi taşkil etadi.

    F.b. qimmatli qoğozlarning kelib tuşiş vaqti va usuliga qarab birlamçi va ikkilamçi bozorlarga ajratiladi. Birlamçi bozor — F.b.ning asosi hisoblanadi. Unda birinçi marta çiqarilayotgan qimmatli qoğozlar joylaştiriladi. Birlamçi bozorning asosiy qatnaşçilari qimmatli qoğoz emitentlari va investorlardir. Investitsiya qiliş uçun asosiy va aylanma moliyaviy kapital zaxiralariga muhtoj bölgan emitentlar F.b.da qimmatli qoğozlar taklifini belgilaydi. Öz kapitalini qöllaş uçun foydali soha izlovçi investorlar qimmatli qoğozlarga talabni şakllantiradi. Birlamçi bozorda vaqtinça erkin pul mablağlarini jalb etiş amalga oşiriladi. Lekin birlamçi bozor jamğarmani faqat milliy iqtisodiyot kölamidagina kengaytiriş b-n çegaralanmaydi. Unda erkin pul mablağlarining iqtisodiyot tarmoqlari va sohalari böyiça taqsimlanişi ham sodir böladi. Bozor iktisodiyoti şaroitida qimmatli qoğozlar keltiradigan daromad taqsimlaniş mezoni bölib xizmat qiladi. Bu holat esa erkin pul mablağlari eng köp daromadni ta'minlovçi korxonalarga, xöjaliklar, tarmoklar va sohalarga yönaltiradi, degan ma'noni bildiradi. Birlamçi bozor yangi çiqarilgan qimmatli qoğozlarning emitentlar tomonidan joylaştirilişini nazarda tutadi. Şu b-n birga korporatsiyalar, hokimiyatlar, özözini idora qiluvçi mahalliy organlar emitentlar bölişlari mumkin. Bunday emitentlar guruxlarining bozordagi ahamiyati mamlakatdagi iktisodiyot holati va uning umumiy taraqqiyot darajasi b-n aniqlanadi. Köpçilik mamlakatlarning davlat byudjetidagi doimiy taqçillik qimmatli qoğozlar bozorida davlatning muhim rol öynaşini ta'minlaydi. Yakka va institutsional investorlar ham qimmatli qoğozlar xaridorlari bölişi mumkin. Bular tijorat banklari, pensiya fondlari, suğurta kompaniyalari, investitsiya fondlari, özaro yordam fondlari va h.k.

    Qimmatli qoğozlarning ikkilamçi bozori — birlamçi bozorning zaruriy qöşimçasi. Unda qimmatli qoğozlarning olibsotarlik şaklidagi aylanmasi sodir böladi. Qimmatli qoğozlar böyiça bitimlarning şakliga qarab ularni uyuştirilgan (birjali) va uyuştirilmagan (birjadan taşqaridagi yoki «köça») bozorlariga ajratiş mumkin. Uyuştirilgan bozorni fond birjalari taşkil qiladi. Qimmatli qoğozlar b-n qilinadigan boşqa barça bitimlar uyuştirilmagan bozorda amalga oşadi. Birjadan taşqari aylanmadagi savdoni mutaxassislar — brokerlar va dilerlik kompaniyalari olib boradi. Birjadan taşqari aylanmada savdo jarayonlarini bajaradigan yagona markaz yökligi tufayli oldisotdi bitimlari telefon va kompyuter tarmoklari orqali bajariladi. Narxnavolar birjadan taşqari aylanmani tartibga soluvçi qoida asosida kelişib belgilanadi.

    F.b. moliyakredit tizimining tarkibiy qismi sifatida davlat boşqaruvi obyekti hisoblanadi. Uning asosiy maqsadi investorlar manfaatini emitentlar va vositaçilar tomonidan qilinadigan noqonuniy hattiharakatlardan himoya qilişdir. Şu maqsadlarda qimmatli qoğozlar emissiyasi, ularning muomalada bölişi hamda qimmatli qoğozlar bozorining professional qatnaşçilari faoliyatini tartibga soluvçi, şuningdek, mamlakatda amalda bölgan tegişli normativ hujjatlar işlab çiqiladi, maxsus ma'muriy idoralar tuziladi.

    Özbekistonda investitsiya jarayonlarini boşqariş va böş turgan pul mablağlarni iqtisodiyotga jalb qilişning samarali vositasi bölgan F.b.ning şakllanişi 90-y.lar boşlariga tögri keladi. 1993 y. 2 sent.da bu bozor faoliyatining huquqiy bazasi bölgan Özbekiston Respublikasining «Qimmatli qoğozlar va fond birjasi töğrisida» qonuni qabul qilindi.

    Qisqa muddatlarda F.b. infratuzilmasining asosiy muassasalari — 1994 y.da «Toşkent» respublika fond birjasi öz faoliyatini boşladi. Respublika Prezidentining 1996 y. 26 martdagi «Özbekiston Respublikasi Davlat mulki qömitasi huzurida qimmatli qoğozlar bozori faoliyatini muvofiqlaştiriş va nazorat qiliş Markazini taşkil etiş töğrisida» Farmoniga köra, respublikada qimmatli qoğozlar bozorini tartibga soluvçi vakolatli davlat organi hisoblanadigan Qimmatli qoğozlar bozori faoliyatini muvofiklaştiriş va nazorat qiliş markazi tuzildi. 1999 y.da naqdsiz çiqarilgan qimmatli qoğozlarni saqlaş, şuningdek, xususiylaştirilgan korxonalar aksiyalaridagi davlat hissasi (huquqi) hisobini yuritadigan Qimmatli qoğozlar markaziy depozitariysi va 30 dan ortiq ikkinçi bosqiç depozitariylarini öz içiga olgan ikki poğonali depozitariylar tizimi taşkil topdi. Respublika F.b.da brokerlar, dilerlar, boşqaruvçi kompaniyalar, investitsiya fondlari, investitsiya maslahatçilari, reyestr yurituvçilar va investitsiya kompaniyalaridan iborat 300 dan ortiq professional qatnaşçilar faoliyat yuritadi (2004). Ulardan «Elsis kliring» hisobkitob palatasi (1998) respublikada birlamçi (uyuşgan) F.b. iştirokçilari örtasida özaro hisobkitoblarni samarali amalga oşirişga kömaklaşadi. «Vaqt» milliy depozitariysi (1994) F.b.ning yirik instituti bölib, qimmatli qoğozlarni saklaş va ularga bölgan huquklar hisobini olib boradi. «Davinkom» («Davlat investitsiya kompaniyasi», 1999) xususiylaştirilgan korxonalar aksiyalarini investorlarga sotiş böyiça Özbekiston Respublikasi Davlat mulki qömitasining vakolatli vakili hisoblanadi. 2000 y.da respublikada investitsiya muassasalarining milliy uyuşmasi taşkil etilgan. Uning tarkibida 45 dan ortiq investitsiya muassasasi bor (2004).

    Rasulbek Saidov, Murod Yunusmatov.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ФОНД БОЗОРИ, қимматли қоғозлар бозори — молия бозорининг кимматли қоғозлар эмиссияси ва уларнинг олдисотдиси б-н шуғулланадиган соҳаси. Ф.б.нинг асосий вазифаси: инвестицияларни, яъни кенгайтирилган такрор и.ч.га ва техника равнақига зарур инвестиция маблағларини тўплаш ҳамда тақсимлаш; қимматли қоғозлар пакетларидан фойдаланган ҳодда мулк эгалигини ўзгартириш; қимматли қоғозлар олдисотдиси йўли б-н бозорни қайта тақсимлаш; қимматли қоғозлар чиқариш ёрдамида давлат қарзини молиялаштириш ва б.

    Ф.б. қатнашчилари капитал «истеъмолчилари» (эмитентлар) ва уни «такдим этувчилар» (инвесторлар)дир. «Истеъмолчилар» давлат, маҳаллий ҳокимият органлари, йирик миллий ва халқаро компаниялар ҳисобланади. Инвесторлар эса институционал (қимматли қоғозлар б-н иш юритувчи ҳар хил молиявий кредит институтлари: тижорат ва инвестиция банклари, суғурта жамиятлари, пенсия фондлари ва б.) ва якка (хусусий шахслар, шу жумладан, венчур бизнесининг унча катта бўлмаган корхона эгалари) гурухларга бўлинади.

    Ф.б. ишлари унинг профессионал ходимлари: брокерлар (битимда ўз капитали б-н қатнашувчи воситачилар), бошқарувчилар (ишониб топширилган қимматли қоғозларни идора қиладиган шахслар), клиринглар (ўзаро мажбуриятларни аниқлаш б-н шугулланувчи ташкилотлар), депозитарийлар (қимматли қоғозларни сақлаш бўйича хизмат кўрсатади); реестр юритувчилар (қиммат қоғозларни рўйхатдан ўтказиш ишини бажаради); савдо-сотиқни ташкил этувчилар (қимматли қогозлар б-н битам тузишга ёрдам бериш хизмагини бажаради); жобберлар (қимматли қоғозлар бозори конъюнктураси бўйича мутахассислар) орқали амалга оширилади. Улар б-н бирга қимматли қоғозлар бозорига банк хизматчилари, инвестиция фондлари ходимлари, шунингдек, молиявий бозор учун зарур бўлган қонунчилик ва назоратни таъминловчи давлат хизматчилари ва юристлар хизмат кўрсатади. Ф.б. инфратузилмасини фонд биржаси, рўйхат (реестр)га олувчи муассасалар, депозитарийлар тизими ташкил этади.

    Ф.б. қимматли қоғозларнинг келиб тушиш вақти ва усулига қараб бирламчи ва иккиламчи бозорларга ажратилади. Бирламчи бозор — Ф.б.нинг асоси ҳисобланади. Унда биринчи марта чиқарилаётган қимматли қоғозлар жойлаштирилади. Бирламчи бозорнинг асосий қатнашчилари қимматли қоғоз эмитентлари ва инвесторлардир. Инвестиция қилиш учун асосий ва айланма молиявий капитал захираларига муҳтож бўлган эмитентлар Ф.б.да қимматли қоғозлар таклифини белгилайди. Ўз капиталини қўллаш учун фойдали соҳа изловчи инвесторлар қимматли қоғозларга талабни шакллантиради. Бирламчи бозорда вақтинча эркин пул маблағларини жалб этиш амалга оширилади. Лекин бирламчи бозор жамғармани фақат миллий иқтисодиёт кўламидагина кенгайтириш б-н чегараланмайди. Унда эркин пул маблағларининг иқтисодиёт тармоқлари ва соҳалари бўйича тақсимланиши ҳам содир бўлади. Бозор иктисодиёти шароитида қимматли қоғозлар келтирадиган даромад тақсимланиш мезони бўлиб хизмат қилади. Бу ҳолат эса эркин пул маблағлари энг кўп даромадни таъминловчи корхоналарга, хўжаликлар, тармоклар ва соҳаларга йўналтиради, деган маънони билдиради. Бирламчи бозор янги чиқарилган қимматли қоғозларнинг эмитентлар томонидан жойлаштирилишини назарда тутади. Шу б-н бирга корпорациялар, ҳокимиятлар, ўзўзини идора қилувчи маҳаллий органлар эмитентлар бўлишлари мумкин. Бундай эмитентлар гурухларининг бозордаги аҳамияти мамлакатдаги иктисодиёт ҳолати ва унинг умумий тараққиёт даражаси б-н аниқланади. Кўпчилик мамлакатларнинг давлат бюджетидаги доимий тақчиллик қимматли қоғозлар бозорида давлатнинг муҳим роль ўйнашини таъминлайди. Якка ва институционал инвесторлар ҳам қимматли қоғозлар харидорлари бўлиши мумкин. Булар тижорат банклари, пенсия фондлари, суғурта компаниялари, инвестиция фондлари, ўзаро ёрдам фондлари ва ҳ.к.

    Қимматли қоғозларнинг иккиламчи бозори — бирламчи бозорнинг зарурий қўшимчаси. Унда қимматли қоғозларнинг олибсотарлик шаклидаги айланмаси содир бўлади. Қимматли қоғозлар бўйича битимларнинг шаклига қараб уларни уюштирилган (биржали) ва уюштирилмаган (биржадан ташқаридаги ёки «кўча») бозорларига ажратиш мумкин. Уюштирилган бозорни фонд биржалари ташкил қилади. Қимматли қоғозлар б-н қилинадиган бошқа барча битимлар уюштирилмаган бозорда амалга ошади. Биржадан ташқари айланмадаги савдони мутахассислар — брокерлар ва дилерлик компаниялари олиб боради. Биржадан ташқари айланмада савдо жараёнларини бажарадиган ягона марказ йўклиги туфайли олдисотди битимлари телефон ва компьютер тармоклари орқали бажарилади. Нархнаволар биржадан ташқари айланмани тартибга солувчи қоида асосида келишиб белгиланади.

    Ф.б. молиякредит тизимининг таркибий қисми сифатида давлат бошқаруви объекти ҳисобланади. Унинг асосий мақсади инвесторлар манфаатини эмитентлар ва воситачилар томонидан қилинадиган ноқонуний ҳаттиҳаракатлардан ҳимоя қилишдир. Шу мақсадларда қимматли қоғозлар эмиссияси, уларнинг муомалада бўлиши ҳамда қимматли қоғозлар бозорининг профессионал қатнашчилари фаолиятини тартибга солувчи, шунингдек, мамлакатда амалда бўлган тегишли норматив ҳужжатлар ишлаб чиқилади, махсус маъмурий идоралар тузилади.

    Ўзбекистонда инвестиция жараёнларини бошқариш ва бўш турган пул маблағларни иқтисодиётга жалб қилишнинг самарали воситаси бўлган Ф.б.нинг шаклланиши 90-й.лар бошларига тўгри келади. 1993 й. 2 сент.да бу бозор фаолиятининг ҳуқуқий базаси бўлган Ўзбекистон Республикасининг «Қимматли қоғозлар ва фонд биржаси тўғрисида» қонуни қабул қилинди.

    Қисқа муддатларда Ф.б. инфратузилмасининг асосий муассасалари — 1994 й.да «Тошкент» республика фонд биржаси ўз фаолиятини бошлади. Республика Президентининг 1996 й. 26 мартдаги «Ўзбекистон Республикаси Давлат мулки қўмитаси ҳузурида қимматли қоғозлар бозори фаолиятини мувофиқлаштириш ва назорат қилиш Марказини ташкил этиш тўғрисида» Фармонига кўра, республикада қимматли қоғозлар бозорини тартибга солувчи ваколатли давлат органи ҳисобланадиган Қимматли қоғозлар бозори фаолиятини мувофиклаштириш ва назорат қилиш маркази тузилди. 1999 й.да нақдсиз чиқарилган қимматли қоғозларни сақлаш, шунингдек, хусусийлаштирилган корхоналар акцияларидаги давлат ҳиссаси (ҳуқуқи) ҳисобини юритадиган Қимматли қоғозлар марказий депозитарийси ва 30 дан ортиқ иккинчи босқич депозитарийларини ўз ичига олган икки поғонали депозитарийлар тизими ташкил топди. Республика Ф.б.да брокерлар, дилерлар, бошқарувчи компаниялар, инвестиция фондлари, инвестиция маслаҳатчилари, реестр юритувчилар ва инвестиция компанияларидан иборат 300 дан ортиқ профессионал қатнашчилар фаолият юритади (2004). Улардан «Элсис клиринг» ҳисобкитоб палатаси (1998) республикада бирламчи (уюшган) Ф.б. иштирокчилари ўртасида ўзаро ҳисобкитобларни самарали амалга оширишга кўмаклашади. «Вақт» миллий депозитарийси (1994) Ф.б.нинг йирик институти бўлиб, қимматли қоғозларни саклаш ва уларга бўлган ҳуқуклар ҳисобини олиб боради. «Давинком» («Давлат инвестиция компанияси», 1999) хусусийлаштирилган корхоналар акцияларини инвесторларга сотиш бўйича Ўзбекистон Республикаси Давлат мулки қўмитасининг ваколатли вакили ҳисобланади. 2000 й.да республикада инвестиция муассасаларининг миллий уюшмаси ташкил этилган. Унинг таркибида 45 дан ортиқ инвестиция муассасаси бор (2004).

    Расулбек Саидов, Мурод Юнусматов.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.