Frans Grilparser
Manba: ÖzME, 3-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 447–448-b. — ziyouz.com
Grilparser Frans GRILPARSER (Grillparzer ) Frans (1791.15.1 - Vena - 1872.21.1) - Avstriya dramaturgi. Avstriya zamonaviy adabiyoti asosçilaridan. Şe'r va epigrammalar, realistik novellalar («Qaşşoq musiqaçi», 1848) yaratgan. G. asosan dramaturg sifatida şuhrat qozongan. «Avlod onasi» (1817), mifologik mavzu asosidagi «Safo» (1818), «Oltin pöstin» (1821),«Dengiz va sevgi tölqinlari» (1831), milliy-tarixiy mavzudagi «Qirol Ottokarning buyukligi va inqirozi» (1825), «Xöjasining sodiq quli» (1828), «Yolğonçining jazosi» (1838), «Gabsburglar xonadonida aka-ukalar janjali» (1850), realistik ruhdagi «Toledolik yahudiy ayol» (1855) kabi fojiaviy asarlarida teskariçi guruxlarning rasmiyatçilik tartiblarini qoralagan.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
ГРИЛЬПАРЦЕР (Grillparzer ) Франц (1791.15.1 - Вена - 1872.21.1) - Австрия драматурги. Австрия замонавий адабиёти асосчиларидан. Шеър ва эпиграммалар, реалистик новеллалар («Қашшоқ мусиқачи», 1848) яратган. Г. асосан драматург сифатида шуҳрат қозонган. «Авлод онаси» (1817), мифологик мавзу асосидаги «Сафо» (1818), «Олтин пўстин» (1821),«Денгиз ва севги тўлқинлари» (1831), миллий-тарихий мавзудаги «Қирол Оттокарнинг буюклиги ва инқирози» (1825), «Хўжасининг содиқ қули» (1828), «Ёлғончининг жазоси» (1838), «Габсбурглар хонадонида ака-укалар жанжали» (1850), реалистик руҳдаги «Толедолик яҳудий аёл» (1855) каби фожиавий асарларида тескаричи гурухларнинг расмиятчилик тартибларини қоралаган.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.