Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Fuqarolik huquqiy javobgarlik

    Manba: ÖzME, 9-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 324-b. — ziyouz.com

    Fuqarolik huquqiy javobgarlik — yuridik javobgarlikning mustaqil turi. Mulkiy xususiyatga ega bölgan sanksiyalar körinişida ifodalanadi. Odatda, F.h.j. majburiyatlarning buzilişi natijasida vujudga keladi. F.h.j. qarzdorga yoki huquqbuzarning mulkiy ahvoliga salbiy ta'sir etiş orqali huquqi buzilgan şaxsning yoki jabrlanuvçining huquqlarini tiklaşga va mulkiy ahvolini yaxşilaşga qaratilgan javobgarlik şaklidir. Neustoyka va yetkazilgan zararni qoplaş F.h.j. çoralari hisoblanadi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ФУҚАРОЛИК ҲУҚУҚИЙ ЖАВОБГАРЛИК — юридик жавобгарликнинг мустақил тури. Мулкий хусусиятга эга бўлган санкциялар кўринишида ифодаланади. Одатда, Ф.ҳ.ж. мажбуриятларнинг бузилиши натижасида вужудга келади. Ф.ҳ.ж. қарздорга ёки ҳуқуқбузарнинг мулкий аҳволига салбий таъсир этиш орқали ҳуқуқи бузилган шахснинг ёки жабрланувчининг ҳуқуқларини тиклашга ва мулкий аҳволини яхшилашга қаратилган жавобгарлик шаклидир. Неустойка ва етказилган зарарни қоплаш Ф.ҳ.ж. чоралари ҳисобланади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.