Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Gaben

    Manba: ÖzME, 2-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 2–3-b. — ziyouz.com

    Gaben (Gabin) — Jan (haqiqiy ismi Jan Aleksi Monkorje) (1904.17.5, Meriyel — 1976.15.11, Parij) — fransuz kinoaktyori. Kinoda 1930 y.dan faoliyat körsatgan. Ekranga demokratizm ruhini, erkinlik, inson şaxeiga hurmat, ehtirom tuyğularini olib kirdi. «Kun boşlanmoqda», «Malapaga devorlari ostida», «Davrimiz zöravonlari», «Tun — mening podşoligim», «Öljaga tegmang», «Arximed, daydi», «Muşuk», «Parij orqali» kabi filmlarda boş rollarni ijro etgan.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ГАБЕН (Gabin) — Жан (ҳақиқий исми Жан Алекси Монкорже) (1904.17.5, Мериель — 1976.15.11, Париж) — француз киноактёри. Кинода 1930 й.дан фаолият кўрсатган. Экранга демократизм руҳини, эркинлик, инсон шахеига ҳурмат, эҳтиром туйғуларини олиб кирди. «Кун бошланмоқда», «Малапага деворлари остида», «Давримиз зўравонлари», «Тун — менинг подшолигим», «Ўлжага тегманг», «Архимед, дайди», «Мушук», «Париж орқали» каби фильмларда бош ролларни ижро этган.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.