Gaber
Manba: ÖzME, 2-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 3-b. — ziyouz.com
Gaber (Nayeg) — Frits (1868.9.12, hoz. Vrotslav, Polşa — 1934.29.1, Bazel) — nemis anorganik kimyogari. Karlsrue Oliy texnika maktabi prof. (1898 y.dan). Berlin fizik-kimyo va elektrokimyo in-ti direktori (1911—13). Asosiy işlari ammiakning kimyo-texnologiyasi va elektrokimyoga bağişlangan. Yarim sanoat qurilmasida ilk bor suyuq ammiak olgan. Nitrobenzolning elektrokimyoviy qaytarilişi natijasida anilin hosil bölişini örgangan (1900). Eritmalarning rN ini ölçaşda qöllaniladigan şişa elektrodni kaşf etgan (1909). Nobel mukofoti laureata (1918).
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
ГАБЕР (НаЬег) — Фриц (1868.9.12, ҳоз. Вроцлав, Польша — 1934.29.1, Базель) — немис анорганик кимёгари. Карлсруэ Олий техника мактаби проф. (1898 й.дан). Берлин физик-кимё ва электрокимё ин-ти директори (1911—13). Асосий ишлари аммиакнинг кимё-технологияси ва электрокимёга бағишланган. Ярим саноат қурилмасида илк бор суюқ аммиак олган. Нитробензолнинг электрокимёвий қайтарилиши натижасида анилин ҳосил бўлишини ўрганган (1900). Эритмаларнинг рН ини ўлчашда қўлланиладиган шиша электродни кашф этган (1909). Нобель мукофоти лауреата (1918).
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.