Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Gabion

    Manba: ÖzME, 2-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 3-b. — ziyouz.com

    Gabion (ital. gabbione — katta katak) — toş töldiriladigan sim tör yaşik; daryo qirğoklarini yuvilib ketişdan asraş, suv oqimini rostlaş va mustahkamlaş inşootlari qurişda foydalaniladi. Odatda, uz. 3—5 m, eni va bal. 1 m atrofida, tör simining yöğonligi 1—6 mm böladi. Suvda oqib keladigan toşlar G. simlarini qirqib yubormasligi uçun çetlariga yirik toşlar solinadi. G. ning usti ba'zan sement b-n suvaladi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ГАБИОН (итал. gabbione — катта катак) — тош тўлдириладиган сим тўр яшик; дарё қирғокларини ювилиб кетишдан асраш, сув оқимини ростлаш ва мустаҳкамлаш иншоотлари қуришда фойдаланилади. Одатда, уз. 3—5 м, эни ва бал. 1 м атрофида, тўр симининг йўғонлиги 1—6 мм бўлади. Сувда оқиб келадиган тошлар Г. симларини қирқиб юбормаслиги учун четларига йирик тошлар солинади. Г. нинг усти баъзан цемент б-н сувалади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.