Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Gabriyel Lipman

    Manba: ÖzME, 5-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 137-b. — ziyouz.com

    Lipman Gabriyel LIPMAN (Lippmann) Gabriyel (1845.16.8, Xollerix, Lyuksemburg — 1921.12.7, «Fransiya» paroxodi) — fransuz fizigi, Parij FA a'zosi (1886). Yoruğlik interferensiyasiga asoslangan rangli fotografiya usulini (1891) va integral fotografiya usulini işlab çiqqan (1908). Yer magnetizmi, mexanika masalalariga bagişlangan juda köp işlar uning nomi b-n boğlangan. Elektr-kapillyar hodisasini, mayatnik va kamerton tebranişini, kvarsda pyezoelektrik effekt qaytuvçanligi hodisasini, galvanik elementlar qutblanişini tekşirgan. Nobel mukofoti laureati (1908).

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ЛИПМАН (Lippmann) Габриель (1845.16.8, Холлерих, Люксембург — 1921.12.7, «Франция» пароходи) — француз физиги, Париж ФА аъзоси (1886). Ёруғлик интерференциясига асосланган рангли фотография усулини (1891) ва интеграл фотография усулини ишлаб чиққан (1908). Ер магнетизми, механика масалаларига багишланган жуда кўп ишлар унинг номи б-н боғланган. Электр-капилляр ҳодисасини, маятник ва камертон тебранишини, кварцда пьезоэлектрик эффект қайтувчанлиги ҳодисасини, гальваник элементлар қутбланишини текширган. Нобель мукофоти лауреати (1908).

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.