Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Gagarin

    Manba: ÖzME, 2-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 12-b. — ziyouz.com

    Gagarin — Jizzax viloyati Mirzaçöl tumanidagi şahar (1974 y.dan). Tumanning ma'muriy markazi. Kosmonavt uçuvçi Yu. A. Gagarin nomi b-n ataladi. Yaqin t. y. stansiyasi — Yerjar. G.dan Jizzaxgaça bölgan masofa 72 km. Aholisi 20,2 ming kişi (1995); asosan özbeklar. G.da paxta tozalaş z-di, maişiy xizmat körsatiş korxonalari, köçma quriliş kolonnalari, umumiy ta'lim maktablari, maxsus musiqa va sport maktablari, soğliqni saqlaş muassasalari va b. bor.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ГАГАРИН — Жиззах вилояти Мирзачўл туманидаги шаҳар (1974 й.дан). Туманнинг маъмурий маркази. Космонавт учувчи Ю. А. Гагарин номи б-н аталади. Яқин т. й. станцияси — Ержар. Г.дан Жиззахгача бўлган масофа 72 км. Аҳолиси 20,2 минг киши (1995); асосан ўзбеклар. Г.да пахта тозалаш з-ди, маиший хизмат кўрсатиш корхоналари, кўчма қурилиш колонналари, умумий таълим мактаблари, махсус мусиқа ва спорт мактаблари, соғлиқни сақлаш муассасалари ва б. бор.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.