Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Galetli batareya

    Manba: ÖzME, 2-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 55-b. — ziyouz.com

    Galetli batareya — elektr toki batareyalarining bir turi; yassi qatlamqatlam tuzilişli «quruq» galvanik elementlar — «galetlar»ni ketma-ket ulab yasaladi. Galetlardan foydalaniş natijasida batareyalarning iş hajmidan samaraliroq foydalaniladi, körsatkiçlari yaxşilanadi. G. b.ning ulçamlari va e. yu. k. mikdori galetlarning soniga va ölçamlariga boğliq böladi. G. b.dan aloqa apparatlarida, geofizika asboblari va b.da mustaqil elektr energiyasi manbai hamda anod batareyasi sifatida foydalaniladi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ГАЛЕТЛИ БАТАРЕЯ — электр токи батареяларининг бир тури; ясси қатламқатлам тузилишли «қуруқ» гальваник элементлар — «галетлар»ни кетма-кет улаб ясалади. Галетлардан фойдаланиш натижасида батареяларнинг иш ҳажмидан самаралироқ фойдаланилади, кўрсаткичлари яхшиланади. Г. б.нинг улчамлари ва э. ю. к. микдори галетларнинг сонига ва ўлчамларига боғлиқ бўлади. Г. б.дан алоқа аппаратларида, геофизика асбоблари ва б.да мустақил электр энергияси манбаи ҳамда анод батареяси сифатида фойдаланилади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.