Galitsiya
Manba: ÖzME, 2-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 57–58-b. — ziyouz.com
Galitsiya - Ğarbiy Ukraina va Polşa yerlari bir qismining (Ukrainaning hoz. Ivano-Frankovsk, Lvov, Ternopol viloyatlari, Polşaning Jeşuv va Krakov voyevodaligining katta qismi) tarixiy nomi. Reç Pospolitattt 1- (1772, Şarqiy G.) va 3- (1795 y., Ğarbiy G.) bölinişi natijasida Avstriya imperiyasi tomonidan egallab olingan. 1772—1918 y.larda Gabsburglar imperiyasi viloyati (rasmiy nomi — Krakov buyuk gersogligi b-n birgalikdagi Galitsiya qirolligi va Lodomeriya) bölgan. 1918 y.dan Polşa tarkibida. Şarqiy G. 1939 y.dan Ukraina tarkibiga qöşilgan.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
ГАЛИЦИЯ - Ғарбий Украина ва Польша ерлари бир қисмининг (Украинанинг ҳоз. Ивано-Франковск, Львов, Тернополь вилоятлари, Польшанинг Жешув ва Краков воеводалигининг катта қисми) тарихий номи. Речь Посполитаттт 1- (1772, Шарқий Г.) ва 3- (1795 й., Ғарбий Г.) бўлиниши натижасида Австрия империяси томонидан эгаллаб олинган. 1772—1918 й.ларда Габсбурглар империяси вилояти (расмий номи — Краков буюк герцоглиги б-н биргаликдаги Галиция қироллиги ва Лодомерия) бўлган. 1918 й.дан Польша таркибида. Шарқий Г. 1939 й.дан Украина таркибига қўшилган.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.