Galogensianlar
Manba: ÖzME, 2-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 62–63-b. — ziyouz.com
Galogensianlar GALOGENSIANLAR, siangalogenidlar, umumiy formulasi XCN — sianid kislotaning angidridlari (bu yerda X — galogen atomi; xlor, brom, yod yoki ftor bölişi mumkin). Rangsiz, uçuvçan zaxarli birikmalar. G. suvda qisman, spirt, efir va b. organik eritmalarda oson eriydi. HCN yoki NaCN suvdagi eritmalariga galogenlarni ta'sir ettirib, ftorsian esa CF2=NHhh 420—450° da vakuum ostida piroliz qilib olinadi. Xlorsian gerbitsidlar va böyoq sanoatida, brom va yodsianlar organik sintezda, xususan nitrillar olişda qöllaniladi.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
ГАЛОГЕНЦИАНЛАР, циангалогенидлар, умумий формуласи XCN — цианид кислотанинг ангидридлари (бу ерда X — галоген атоми; хлор, бром, йод ёки фтор бўлиши мумкин). Рангсиз, учувчан захарли бирикмалар. Г. сувда қисман, спирт, эфир ва б. органик эритмаларда осон эрийди. HCN ёки NaCN сувдаги эритмаларига галогенларни таъсир эттириб, фторциан эса CF2=NHhh 420—450° да вакуум остида пиролиз қилиб олинади. Хлорциан гербицидлар ва бўёқ саноатида, бром ва йодцианлар органик синтезда, хусусан нитриллар олишда қўлланилади.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.