Galvani
Manba: ÖzME, 2-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 64-b. — ziyouz.com
Galvani (Galvani) Luidji (1737.9.9 - Bolonya - 1798.4.12) italyan anatomi va fiziologi. Elektr haqidagi ta'limot asosçilaridan biri, eksperimental elektrofiziologiya asosçisi. Muskullarning qisqarişidagi elektr hodisasini birinçi bölib tadqiq qilgan va metallar elektrolit b-n tutaşganda potensiallar farqi hosil bölişini payqagan. Şu sababli elektr tokining kimyoviy manbai uning şarafiga Galvanik elementlar deb nomlangan.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
ГАЛЬВАНИ (Galvani) Луиджи (1737.9.9 - Болонья - 1798.4.12) итальян анатоми ва физиологи. Электр ҳақидаги таълимот асосчиларидан бири, экспериментал электрофизиология асосчиси. Мускулларнинг қисқаришидаги электр ҳодисасини биринчи бўлиб тадқиқ қилган ва металлар электролит б-н туташганда потенциаллар фарқи ҳосил бўлишини пайқаган. Шу сабабли электр токининг кимёвий манбаи унинг шарафига Гальваник элементлар деб номланган.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.