Gametangiy
Manba: ÖzME, 2-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 71-b. — ziyouz.com
Gametangiy GAMETANGIY, gametadon (gametalar va yun. angeion — joy, idiş) — 1) ba'zi ösimliklarda gametalar hosil böladigan bir yoki köp hujayrali jinsiy organ. Ayrim tuban ösimliklarda (mas, ulotriksdoşlaraa) G. oddiy vegetativ hujayradan iborat. G. köpçilik qönğir va qizil suvötlar, tuban (oomitsetlar) va yuksak (askomitsetlar, bazidiyamitsetlar) zamburuğlar hamda arxegonial ösimliklar uçun xosdir. Yuksak ösimliklarda gametalar maxsus a'zolar — anteridiy (erkak gameta hosil böladigan) va oogoniy yoki arxegoniylarda (tuxum hujayra hosil böladigan) yetiladi; 2) ba'zi zamburuğlardagi köp yadroli hujayralar.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
ГАМЕТАНГИЙ, гаметадон (гаметалар ва юн. angeion — жой, идиш) — 1) баъзи ўсимликларда гаметалар ҳосил бўладиган бир ёки кўп ҳужайрали жинсий орган. Айрим тубан ўсимликларда (мас, улотриксдошлараа) Г. оддий вегетатив ҳужайрадан иборат. Г. кўпчилик қўнғир ва қизил сувўтлар, тубан (оомицетлар) ва юксак (аскомицетлар, базидиямицетлар) замбуруғлар ҳамда архегониал ўсимликлар учун хосдир. Юксак ўсимликларда гаметалар махсус аъзолар — антеридий (эркак гамета ҳосил бўладиган) ва оогоний ёки архегонийларда (тухум ҳужайра ҳосил бўладиган) етилади; 2) баъзи замбуруғлардаги кўп ядроли ҳужайралар.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.