Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Gandikap

    Manba: ÖzME, 2-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 83–84-b. — ziyouz.com

    Gandikap (ing. handicap) 1) sport musobaqasida raqib tomonlarning kuçini baravarlaştiriş maqsadida kuçsizroq tomonga yengillik beriş. Belgilangan şartlar buyiça beriladigan yengillik (masofa yoki vaqtni qisqartiriş) fora deyiladi. Fora darajasi musobaqa qatnaşçilarining tayyorgarlikdagi farqlariga qarab belgilanadi. G. yengil va oğir atletika, qayiq sporti, suvda suziş, şaxmat, şaşka musobaqalarida beriladi; 2) turli otlar qatnaşadigan poyga.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ГАНДИКАП (инг. handicap) 1) спорт мусобақасида рақиб томонларнинг кучини бараварлаштириш мақсадида кучсизроқ томонга енгиллик бериш. Белгиланган шартлар буйича бериладиган енгиллик (масофа ёки вақтни қисқартириш) фора дейилади. Фора даражаси мусобақа қатнашчиларининг тайёргарликдаги фарқларига қараб белгиланади. Г. енгил ва оғир атлетика, қайиқ спорти, сувда сузиш, шахмат, шашка мусобақаларида берилади; 2) турли отлар қатнашадиган пойга.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.