Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Garaj

    Manba: ÖzME, 2-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 91-b. — ziyouz.com

    Garaj (frans. qarer — yopma ostiga joylaştiriş) — avtomobillar saqlanadigan va ta'mirlanadigan, ularga texnik xizmat körsatiladigan bino yoki bino va inşootlar majmui. Yer ostida, yer ustida bir qavatli va köp qavatli qilib quriladi. Boksli va manej zalli xillari böladi. Boksli G.da avtomobillar turadigan joy bir-biridan sim tör b-n ajratiladi, manej zalli G.da bir-biridan ajratilmaydi. Köp qavatli G. yiğma temir-beton va oynadan quriladi. G.da avtomobillar yuqori qavatlarga töğri yoki aylanma kiya yöl (ramp)lardan yurib çiqadi yoki lift yordamida kötariladi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ГАРАЖ (франц. qarer — ёпма остига жойлаштириш) — автомобиллар сақланадиган ва таъмирланадиган, уларга техник хизмат кўрсатиладиган бино ёки бино ва иншоотлар мажмуи. Ер остида, ер устида бир қаватли ва кўп қаватли қилиб қурилади. Боксли ва манеж залли хиллари бўлади. Боксли Г.да автомобиллар турадиган жой бир-биридан сим тўр б-н ажратилади, манеж залли Г.да бир-биридан ажратилмайди. Кўп қаватли Г. йиғма темир-бетон ва ойнадан қурилади. Г.да автомобиллар юқори қаватларга тўғри ёки айланма кия йўл (рамп)лардан юриб чиқади ёки лифт ёрдамида кўтарилади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.