Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Garmonik analizator

    Manba: ÖzME, 2-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 94–95-b. — ziyouz.com

    Garmonik analizator (matematikada) — davriy funksiyalarni trigonometrik qatorlarga yoyiş va integrallar b-n ifodalaş koeffisentlarini hisoblaydigan asbob. Har qanday G.a. tarkibiga kiritiş qurilmasi, köpaytiriş qurilmasi va integrallaş qurilmasi kiradi. G.a.ning asosiy körsatkiçlari: beriladigan funksiya turi (grafik, elektr signal, mexanik siljiş va b.), garmonikaning eng katta nomeri, bir yöla hisoblanadigan koeffitsiyent soni. Mexanik, elektrik, optik va b. xillari bor. Mexanika, radiotexnika, elektrotexnika, akustika va b. sohalarga oid masalalarni yeçişda ham qöllaniladi. Mexanik G.a. amalda keng işlatiladi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ГАРМОНИК АНАЛИЗАТОР (математикада) — даврий функцияларни тригонометрик қаторларга ёйиш ва интеграллар б-н ифодалаш коэффисентларини ҳисоблайдиган асбоб. Ҳар қандай Г.а. таркибига киритиш қурилмаси, кўпайтириш қурилмаси ва интеграллаш қурилмаси киради. Г.а.нинг асосий кўрсаткичлари: бериладиган функция тури (график, электр сигнал, механик силжиш ва б.), гармониканинг энг катта номери, бир йўла ҳисобланадиган коэффициент сони. Механик, электрик, оптик ва б. хиллари бор. Механика, радиотехника, электротехника, акустика ва б. соҳаларга оид масалаларни ечишда ҳам қўлланилади. Механик Г.а. амалда кенг ишлатилади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.