Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Gaubitsa

    Manba: ÖzME, 2-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 105–106-b. — ziyouz.com

    Gaubitsa (çex. houfnice — toşotar) — harbiy (dala) artilleriya tarkibiga kiruvçi 100 mm va undan ortiq kalibrli artilleriya kuroli. U 65° burçak hosil qilib, yuqoriga va oçiq joylardagi nişonga otişga, şuningdek yopiq (tranşeya, kuzatuv punktlari va b.) hamda dala mudofaa inşootlari (blindaj, pana joylar, yopiq tranşeyalar va b.)ni öqqa tutişga möljallangan. G. stvoli (nili) kaltaligi, öqi uzoqqa bormasligi (17 km dan oşmaydi), tezotarligi (minutiga 1—6 gaça otişi) b-n oddiy zambaraklardan farqqiladi (yana q. Zambarak).

    Q.: Zambarak

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ГАУБИЦА (чех. houfnice — тошотар) — ҳарбий (дала) артиллерия таркибига кирувчи 100 мм ва ундан ортиқ калибрли артиллерия куроли. У 65° бурчак ҳосил қилиб, юқорига ва очиқ жойлардаги нишонга отишга, шунингдек ёпиқ (траншея, кузатув пунктлари ва б.) ҳамда дала мудофаа иншоотлари (блиндаж, пана жойлар, ёпиқ траншеялар ва б.)ни ўққа тутишга мўлжалланган. Г. стволи (нили) калталиги, ўқи узоққа бормаслиги (17 км дан ошмайди), тезотарлиги (минутига 1—6 гача отиши) б-н оддий замбараклардан фарққилади (яна қ. Замбарак).

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.