Gaz-beton
Manba: ÖzME, 2-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 30-b. — ziyouz.com
Gaz-beton — betonning bir turi. Sement qorişmasi (portlandsement, yançilgan ohak va b.) b-n gaz hosil qiluvçi qöşimçalar (alyuminiy, rux, magniy va vodorod peroksid kukuni) aralaşmasidan tayyorlanadi. Alyuminiy yoki boşqa qöşimçalar kalsiy gidrat oksidi b-n kimyoviy reaksiyaga kirişganda ajraladigan vodorod aralaşmani köpirtiradi. U qotgaç, ğovak tuzilişli G.-b. hosil böladi. G.-b., asosan, binolar uçun issiqlik izolyatsiya va konstruktivissiqlik izolyatsiya materiali sifatida işlatiladi.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
ГАЗ-БЕТОН — бетоннинг бир тури. Цемент қоришмаси (портландцемент, янчилган оҳак ва б.) б-н газ ҳосил қилувчи қўшимчалар (алюминий, рух, магний ва водород пероксид кукуни) аралашмасидан тайёрланади. Алюминий ёки бошқа қўшимчалар кальций гидрат оксиди б-н кимёвий реакцияга киришганда ажраладиган водород аралашмани кўпиртиради. У қотгач, ғовак тузилишли Г.-б. ҳосил бўлади. Г.-б., асосан, бинолар учун иссиқлик изоляция ва конструктивиссиқлик изоляция материали сифатида ишлатилади.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.