Gaz dvigateli
Manba: ÖzME, 2-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 19-b. — ziyouz.com
Gaz dvigateli — gaz holatidagi yoqilği yoki yonilği b-n işlaydigan içki yonuv dvigateli. Unda yoqilği sifatida tabiiy gazlar yoki qattiq yoqilğidan gaz generatorida olinadigan sun'iy gazlar hamda metallurgiyadagi çiqindi gazlar (domna, koks gazlari va b.), yonilği sifatida suyultirilgan gazlar işlatiladi. Gaz bosimi atmosfera bosimigaça pasaytirilib, havo b-n aralaştiriladi, dvigatel silindriga kiritiladi va elektr uçquni b-n öt oldiriladi. Dizel siklida işlaydigan G. d. keng tarqalgan.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
ГАЗ ДВИГАТЕЛИ — газ ҳолатидаги ёқилғи ёки ёнилғи б-н ишлайдиган ички ёнув двигатели. Унда ёқилғи сифатида табиий газлар ёки қаттиқ ёқилғидан газ генераторида олинадиган сунъий газлар ҳамда металлургиядаги чиқинди газлар (домна, кокс газлари ва б.), ёнилғи сифатида суюлтирилган газлар ишлатилади. Газ босими атмосфера босимигача пасайтирилиб, ҳаво б-н аралаштирилади, двигатель цилиндрига киритилади ва электр учқуни б-н ўт олдирилади. Дизель циклида ишлайдиган Г. д. кенг тарқалган.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.