Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Gaz-pressli payvand

    Manba: ÖzME, 2-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 41-b. — ziyouz.com

    Gaz-pressli payvand - metall sterjenlar, quvurlar, şakldor detallar, t. y. relslari va b.ni gaz alangasida qizdirib uçma-uç biriktiriş. Bunda detallarning biriktiriladigan joylari (çoklari) payvandlaş gorelkasidan çiqadigan gaz alangasida yumşagunça qizdiriladi va qisiladi (presslanadi). Çoklarni qizdiriş atsetilen-kislorod alangasida, qisiş gidravlik qurilmada amalga oşiriladi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ГАЗ-ПРЕССЛИ ПАЙВАНД - металл стерженлар, қувурлар, шаклдор деталлар, т. й. рельслари ва б.ни газ алангасида қиздириб учма-уч бириктириш. Бунда деталларнинг бириктириладиган жойлари (чоклари) пайвандлаш горелкасидан чиқадиган газ алангасида юмшагунча қиздирилади ва қисилади (прессланади). Чокларни қиздириш ацетилен-кислород алангасида, қисиш гидравлик қурилмада амалга оширилади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.