Geliogravyura
Manba: ÖzME, 2-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 134-b. — ziyouz.com
Geliogravyura (gelio... va gravyura) — çuqur bosma usullaridan biri. Bosma qolip fotografik va kimyoviy usullar b-n tayyorlanadi. 19-a. 2-yarmida kaşf etilgan. Bunda tasvir diapozitivi pigment qoğozga tuşiriladi, nusxasi mis plastinka (rastr)ga köçiriladi. Hosil qilingan nusxaga kimyoviy işlov berib, çuqur bosma elementlari hosil qilinadi. Sönggi yillarda G. örniga, köpinça, rakel çuqur bosma usuli qöllaniladi.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
ГЕЛИОГРАВЮРА (гелио... ва гравюра) — чуқур босма усулларидан бири. Босма қолип фотографик ва кимёвий усуллар б-н тайёрланади. 19-а. 2-ярмида кашф этилган. Бунда тасвир диапозитиви пигмент қоғозга туширилади, нусхаси мис пластинка (растр)га кўчирилади. Ҳосил қилинган нусхага кимёвий ишлов бериб, чуқур босма элементлари ҳосил қилинади. Сўнгги йилларда Г. ўрнига, кўпинча, ракель чуқур босма усули қўлланилади.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.