Gemoglobinuriya
Manba: ÖzME, 2-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 151-b. — ziyouz.com
Gemoglobinuriya (gemoglobin va yun. uron — siydik) — gemoglobinning siydik b-n çiqişi. Qon gemolizga uçraganda röy beradi. Kislotalar, ba'zi dorilar (mas, xinin, sulfanilamidlar, levomitsetin, gentamitsin va h.k.) dan zaharlanganda, kuyişda, organizmga mos kelmagan qon quyilganda, uzoq vaqt yurilganda, qattiq sovqotganda kuzatiladi. G.da siydik qizaradi, ammo tiniq böladi. Davo asosan G.ga sabab bölgan omilni bartaraf etişdan iborat.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
ГЕМОГЛОБИНУРИЯ (гемоглобин ва юн. uron — сийдик) — гемоглобиннинг сийдик б-н чиқиши. Қон гемолизга учраганда рўй беради. Кислоталар, баъзи дорилар (мас, хинин, сульфаниламидлар, левомицетин, гентамицин ва ҳ.к.) дан заҳарланганда, куйишда, организмга мос келмаган қон қуйилганда, узоқ вақт юрилганда, қаттиқ совқотганда кузатилади. Г.да сийдик қизаради, аммо тиниқ бўлади. Даво асосан Г.га сабаб бўлган омилни бартараф этишдан иборат.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.