Genlar markazi
Manba: ÖzME, 2-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 168–170-b. — ziyouz.com
Matn sifati past bölişi mumkin. Bu maqola PDF'dagi buzuq belgilar bilan olingan (işonç 35%): ayrim söz va raqamlar xato bölişi mumkin — iqtibos keltirişdan oldin asl matn bilan solişting.
Genlar markazi - q Madaniy ösimliklarning kelib çiqiş markazlari GENLARNING UZARO TA'SIRI - genlarning belgilar rivojlanişidagi iştiroki. Bir genning özi bir neça xil belgilar rivojlaiişiga hamda bir neça xil genlar bir belgining rivojlanişiga ta'sir körsatişi mumkin. Bunday ta'sir bir gen allellari (allelli ta'sir) yoki turli genlarning allellari (allel bölmagan ta'sir) orasida sodir böladi. Genlarning allelli özaro ta'sirini örganiş natijasida Mendel qonunlari kaşf etilgan. Organizmlardagi köpçilik belgilarning irsiylanişi faqat bir gen emas, balki allel bölmagan bir neça genlarning faoliyatiga ham boglik. Allel bölmagan G. ö. t. komplementar, epistaz, polimeriya, kombinirlangan (aralaş), pleyotrop ta'sir xillariga bölinadi. 1.G. ö. t.ning komplementar (töldiruvçi) ta'siri, ya'ni komplementariya ikki yoki undan ortiq allel bölmagan genlarning özaro ta'siri tufayli organizmda ota-onada kuzatilmagan yangi belgi rivojlanadi. Mas, tovuklarda tojning gulsimon va nöxatsimon şakllari bargeimon (oddiy) şakliga nisbatan dominant hisoblanadi. Gulsimon tojli tovuqlar nöxatsimon tojli xörozlar b-n çatiştirilganda Ğrda yonğoqsimon tojli tovuqlar olinadi. Yonğoqsimon tojli parrandalar özaro çatiştirilganida Ğ^a yonğoqsimon, gulsimon, nöxatsimon va bargsimon tojli tovuqlar 9:3:3:1 nisbatda törtta fenotipik sinflar olinadi. Ğ,da kuzatilmagan yangi belgi, ya'ni yonğoqsimon tojning ri-vojlanişi gulsimon tojni rivojlantiruvçi, mas, A geni b-n nöxatsimon tojni rivojlantiruvçi dominant V genining özaro komplementar ta'siriga boğliq. Ota-ona sifatida olingan gulsimon tojli tovuklar öz geno-tipida gulsimon tojni nazorat qiluvçi A genining dominant allellariga hamda nöxatsimon tojni boşqaruvçi V genining retsessiv allellariga (AAvv), ota sifatida olingan nöxatsimon tojli xörozlar esa, aksinça — aaVV genotipga ega bölgan. Ota-ona va birinçi avlod parrandalarining genotipini quyidagiça körsatiş mumkin: R 9 Aavv (gulsimon tojli) X S aaVV (nöxatsimon tojli) Ğ, AaVv (yonğoqsimon tojli). Belgilarning komplementar tipda irsiylanişi 9:7; 9:6:1; 9:3:4 nisbatda ham bölişi mumkin. 2.G.ö.t.ning epistatik tipi, epistaz — bir genning allellari boşqa genlar allellarining faoliyatini bosib turişidan iborat. Mas, A>V yoki V>A, a>V yoki v>A. Allel bölmagan genlar faoliyatini bosib turuvçi allel genlar supressorlar yoki ingibitorlar deb ataladi. Ular dominant yoki retsessiv holatda bölişi mumkin. Dominant epistaz ta'sirida bir genning dominant alleli boşqa allel bölmagan gen faoliyatini bosib turadi. Dominant epistazda belgilar ajralişi Ğ2 da 13:3 yoki 12:3:1 nisbatda sodir böladi. Retsessiv epistaz bir tomonlama yoki ikki tomonlama bölişi mumkin. Birinçi holda bir gen retsessiv allelli gomozigota holatda boşqa genning dominant yoki retsessiv allellari faoliyatini bosib turadi, ya'ni aa>V yoki aa>vv böladi. Bu holda Ğ2 da belgilar 9:3:4 nisbatda röy beradi. Ikki tomonlama retsessiv epistazda aa>V-, vv>A- bölganidan, fenotip böyiça ajraliş Ğ2 da 9:7 nisbatda sodir böladi. Z.G.ö.t.ning polimeriya tipi, ya'ni polimeriya — bir belgining rivojlanişiga ikki va undan ortiq allel bölmagan genlarning bir xilda ta'sir körsatişidan iborat. Bunday polimer genlar bir xil harf b-n belgilanib, bir-biridan indekslari orqali farq qiladi. Mac, A,A,a2a2a,a,A,A2; ADA^ yoki a,a,a2a2. Polimeriya holida nasldan-naslga ötiş kumulyativ va nokumulyativ tipda böladi. Kumulyativ polimeriyada fenotipda paydo böladigan belgi dominant allellarning soniga boğliq, nokumulyativ polimeriyada esa belgining rivojlanişi dominant allellarning soniga boğliq emas. Kumulyativ polimeriyaga misol qilib 1908 yilda şved olimi G. Nilson-Ele ötkazgan tajri-ba natijasini keltiramiz. Töq qizil va oq donli buğdoy irqlarini çatiştirib birinçi avlodda (Ğ,) donlari qizil bölgan duragay ösimlik olinadi. Ular özaro çatiştirilganida Ğ, da rangi (töq qizildan oç qizilgaça) va oq rangli bölgan ösimliklar 15:1 (15 ta rangli 1 ta oq) paydo böladi. Donlar 15:1 bölgan. 15 qism don rangining töq qizildan oç qizilgaça özgarişi ular genotipidagi qizil rangni ta'min etuvçi dominant gen allellarining soniga boğliq. Bu misolda keltirilgan bugdoy navlari ikki juft polimer genlar b-n bir-biridan farq qiladi. Nokumulyativ polimeriyaga açambiti ösimligida qözoq mevasi şaklining irsiylanişi misol böladi. Açambiti mevasining uçburçak şakli oval şakli ustidan dominantlik qiladi. Uçburçak mevali açambiti oval mevali ösimlik b-n çatiştirilganda F, da uçburçak mevali duragaylar, F2 da esa 16 ösimlikdan 15 tasining mevasi uçburçak, bittasi oval böladi. Bu misolda ham ota-ona ösimliklar ikki juft polimer genlar orqali bir-biridan farq qiladi. Ammo F, da ösimliklar mevasining uçburçak şakli dominant allellarning soniga boğliq emas. Mas: 4 ta (A,A,A2A2) yoki faqat 1 ta (A,a,a2a2 yoki a,a,A2a2) dominant allel bölganida ham meva uçburçak böladi. Şunday qilib, uçburçak mevali ösimliklarning rivojlanişi dominant allellarning soniga boğliq bölmaydi. 4.G.ö.t.ning kombinirlangan tipi. Bir belgining rivojlanişida bir vaqtning özida komplementar, epistaz, polimeriya, pleytropiya tiplarining birgalikda ta'sir körsatişidan iborat. Bu holat, odatda, genom tuzilişi murakkab bölgan allopoliploid organizmlarda kuzatiladi. Bu tipdagi ta'sir çigit ustidagi tuk va tola qatlamining irsiylanişini örganiş jarayonida aniklangan. Çigit tuklarining rivojlanişini törtta allel bölmagan genlar — I-i, Ft,—ft,, Ft2—ft2 va Fc—fc nazorat qiladi. Ta'sir qiliş xususiyatiga binoan bu genlar uç guruhga bölinadi: 1) gen-ingibitor (I-i); buning dominant alleli gomozigota (II) va geterozigota (I) holatda asosiy (Ft,, Ft2) va yordamçi (Fc) genlar ta'sirini töxtatib qöyadi va fenotipik ji-hatdan tuksiz çigit rivojlanadi; 2) asosiy genlar — Ft,—ft, va Ft2—ft,. Ular dominant allellar bölib, polimeriya tipida ta'sir körsatib, çigitning mikropileda tuklarining rivojlanişini nazorat etadi. Bu genlar faqat gen ingibitorning retsessiv gomozigota (ii) holatida va yordamçi (Fc—fc) genning allel holatiga boğliq bölmagan holda ta'sir etadi. Mikropileda tuklar fenotipda namoyon bölişi darajasi genotipdagi asosiy genlarning dominant allellari soniga boğliq; 3) yordamçi gen — Fc—fc. Uning dominant alleli asosiy genning biror dominant gomozigota holati b-n özaro ta'sir qilib, çigitning xalaza va yon qismlarida tuklarning rivojlanişini nazorat qiladi. Yordamçi gen dominant gomozigota holatda (Fsfsda) çigit bir tekis va qalin tuk b-n qoplanadi, geterozigota (Fcfc) holatida esa tuklar notekis rivojlanadi. Şunday qilib, çigit tuklari poligenlar (epistaz, polimeriya, komplementar), asosiy va yordamçi genlar hamda gen-modifikatorning özaro murakkab ta'siri natijasida rivojlanadi. Çigit uzun tolasining rivojlanişini kamida ikki guruhga mansub genlar nazorat qiladi. Polimer genlar funksiyasiga köra ikkiga bölinadi: asosiy — 1LL—Nl va LiD—liD; hamda yordamçi. Yordamçi genlar asosiy genlarning fenotipik rivojlanişini kuçaytiriş xususiyatiga ega. Ular genotipda asosiy polimer genlarning dominant allellari bölganida ta'sir körsatadi. Çigit tuklari rivojlanişini nazorat qiluvçi asosiy genlar Ft,, Ft2 tolani çigitning ma'lum qismida rivojlanişiga pleyotrop ta'sir körsatadi. 5. Genlarning pleyotrop ta'siri — bir genning bir neça belgilar rivojlanişiga ta'siri. Mas; qoraköl qöylari qözilarida junning kulrangi (şeroziy) dominant gen tomonidan boşkariladi. Ana şu gen böyiça dominant gomozigotali bölgan qöziçoqlar tuğilgandan söng sutdan çiqqaç oşqozon-içak yölining töliq rivojlanmaganligi sababli nobud böladi. Demak, junning kulrangini rivojlantiruvçi dominant gen gomozigota holatda hazm qiliş sistemasida nuqsonning paydo bölişiga olib keladi. Drozofilada közning oq rangini belgilovçi gen puştning kamayişi va ular hayotining qisqarişiga sabab böladi. Şarifjon Turabekov, Miradham Abzalov.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
ГЕНЛАР МАРКАЗИ - қ Маданий ўсимликларнинг келиб чиқиш марказлари ГЕНЛАРНИНГ УЗАРО ТАЪСИРИ - генларнинг белгилар ривожланишидаги иштироки. Бир геннинг ўзи бир неча хил белгилар ривожлаиишига ҳамда бир неча хил генлар бир белгининг ривожланишига таъсир кўрсатиши мумкин. Бундай таъсир бир ген аллеллари (аллелли таъсир) ёки турли генларнинг аллеллари (аллел бўлмаган таъсир) орасида содир бўлади. Генларнинг аллелли ўзаро таъсирини ўрганиш натижасида Мендель қонунлари кашф этилган. Организмлардаги кўпчилик белгиларнинг ирсийланиши фақат бир ген эмас, балки аллел бўлмаган бир неча генларнинг фаолиятига ҳам боглик. Аллел бўлмаган Г. ў. т. комплементар, эпистаз, полимерия, комбинирланган (аралаш), плейотроп таъсир хилларига бўлинади. 1.Г. ў. т.нинг комплементар (тўлдирувчи) таъсири, яъни комплементария икки ёки ундан ортиқ аллел бўлмаган генларнинг ўзаро таъсири туфайли организмда ота-онада кузатилмаган янги белги ривожланади. Мас, товукларда тожнинг гулсимон ва нўхатсимон шакллари баргеимон (оддий) шаклига нисбатан доминант ҳисобланади. Гулсимон тожли товуқлар нўхатсимон тожли хўрозлар б-н чатиштирилганда Ғрда ёнғоқсимон тожли товуқлар олинади. Ёнғоқсимон тожли паррандалар ўзаро чатиштирилганида Ғ^а ёнғоқсимон, гулсимон, нўхатсимон ва баргсимон тожли товуқлар 9:3:3:1 нисбатда тўртта фенотипик синфлар олинади. Ғ,да кузатилмаган янги белги, яъни ёнғоқсимон тожнинг ри-вожланиши гулсимон тожни ривожлантирувчи, мас, А гени б-н нўхатсимон тожни ривожлантирувчи доминант В генининг ўзаро комплементар таъсирига боғлиқ. Ота-она сифатида олинган гулсимон тожли товуклар ўз гено-типида гулсимон тожни назорат қилувчи А генининг доминант аллелларига ҳамда нўхатсимон тожни бошқарувчи В генининг рецессив аллелларига (ААвв), ота сифатида олинган нўхатсимон тожли хўрозлар эса, аксинча — ааВВ генотипга эга бўлган. Ота-она ва биринчи авлод паррандаларининг генотипини қуйидагича кўрсатиш мумкин: Р 9 Аавв (гулсимон тожли) X С ааВВ (нўхатсимон тожли) Ғ, АаВв (ёнғоқсимон тожли). Белгиларнинг комплементар типда ирсийланиши 9:7; 9:6:1; 9:3:4 нисбатда ҳам бўлиши мумкин. 2.Г.ў.т.нинг эпистатик типи, эпистаз — бир геннинг аллеллари бошқа генлар аллелларининг фаолиятини босиб туришидан иборат. Мас, А>В ёки В>А, а>В ёки в>А. Аллел бўлмаган генлар фаолиятини босиб турувчи аллел генлар супрессорлар ёки ингибиторлар деб аталади. Улар доминант ёки рецессив ҳолатда бўлиши мумкин. Доминант эпистаз таъсирида бир геннинг доминант аллели бошқа аллел бўлмаган ген фаолиятини босиб туради. Доминант эпистазда белгилар ажралиши Ғ2 да 13:3 ёки 12:3:1 нисбатда содир бўлади. Рецессив эпистаз бир томонлама ёки икки томонлама бўлиши мумкин. Биринчи ҳолда бир ген рецессив аллелли гомозигота ҳолатда бошқа геннинг доминант ёки рецессив аллеллари фаолиятини босиб туради, яъни аа>В ёки аа>вв бўлади. Бу ҳолда Ғ2 да белгилар 9:3:4 нисбатда рўй беради. Икки томонлама рецессив эпистазда аа>В-, вв>А- бўлганидан, фенотип бўйича ажралиш Ғ2 да 9:7 нисбатда содир бўлади. З.Г.ў.т.нинг полимерия типи, яъни полимерия — бир белгининг ривожланишига икки ва ундан ортиқ аллел бўлмаган генларнинг бир хилда таъсир кўрсатишидан иборат. Бундай полимер генлар бир хил ҳарф б-н белгиланиб, бир-биридан индекслари орқали фарқ қилади. Mac, A,A,a2a2a,a,A,A2; АДА^ ёки а,а,а2а2. Полимерия ҳолида наслдан-наслга ўтиш кумулятив ва нокумулятив типда бўлади. Кумулятив полимерияда фенотипда пайдо бўладиган белги доминант аллелларнинг сонига боғлиқ, нокумулятив полимерияда эса белгининг ривожланиши доминант аллелларнинг сонига боғлиқ эмас. Кумулятив полимерияга мисол қилиб 1908 йилда швед олими Г. Нильсон-Эле ўтказган тажри-ба натижасини келтирамиз. Тўқ қизил ва оқ донли буғдой ирқларини чатиштириб биринчи авлодда (Ғ,) донлари қизил бўлган дурагай ўсимлик олинади. Улар ўзаро чатиштирилганида Ғ, да ранги (тўқ қизилдан оч қизилгача) ва оқ рангли бўлган ўсимликлар 15:1 (15 та рангли 1 та оқ) пайдо бўлади. Донлар 15:1 бўлган. 15 қисм дон рангининг тўқ қизилдан оч қизилгача ўзгариши улар генотипидаги қизил рангни таъмин этувчи доминант ген аллелларининг сонига боғлиқ. Бу мисолда келтирилган бугдой навлари икки жуфт полимер генлар б-н бир-биридан фарқ қилади. Нокумулятив полимерияга ачамбити ўсимлигида қўзоқ меваси шаклининг ирсийланиши мисол бўлади. Ачамбити мевасининг учбурчак шакли овал шакли устидан доминантлик қилади. Учбурчак мевали ачамбити овал мевали ўсимлик б-н чатиштирилганда F, да учбурчак мевали дурагайлар, F2 да эса 16 ўсимликдан 15 тасининг меваси учбурчак, биттаси овал бўлади. Бу мисолда ҳам ота-она ўсимликлар икки жуфт полимер генлар орқали бир-биридан фарқ қилади. Ammo F, да ўсимликлар мевасининг учбурчак шакли доминант аллелларнинг сонига боғлиқ эмас. Мас: 4 та (А,А,А2А2) ёки фақат 1 та (А,а,а2а2 ёки а,а,А2а2) доминант аллел бўлганида ҳам мева учбурчак бўлади. Шундай қилиб, учбурчак мевали ўсимликларнинг ривожланиши доминант аллелларнинг сонига боғлиқ бўлмайди. 4.Г.ў.т.нинг комбинирланган типи. Бир белгининг ривожланишида бир вақтнинг ўзида комплементар, эпистаз, полимерия, плейтропия типларининг биргаликда таъсир кўрсатишидан иборат. Бу ҳолат, одатда, геном тузилиши мураккаб бўлган аллополиплоид организмларда кузатилади. Бу типдаги таъсир чигит устидаги тук ва тола қатламининг ирсийланишини ўрганиш жараёнида аникланган. Чигит тукларининг ривожланишини тўртта аллел бўлмаган генлар — I-i, Ft,—ft,, Ft2—ft2 ва Fc—fc назорат қилади. Таъсир қилиш хусусиятига биноан бу генлар уч гуруҳга бўлинади: 1) ген-ингибитор (I-i); бунинг доминант аллели гомозигота (II) ва гетерозигота (И) ҳолатда асосий (Ft,, Ft2) ва ёрдамчи (Fc) генлар таъсирини тўхтатиб қўяди ва фенотипик жи-ҳатдан туксиз чигит ривожланади; 2) асосий генлар — Ft,—ft, ва Ft2—ft,. Улар доминант аллеллар бўлиб, полимерия типида таъсир кўрсатиб, чигитнинг микропиледа тукларининг ривожланишини назорат этади. Бу генлар фақат ген ингибиторнинг рецессив гомозигота (ii) ҳолатида ва ёрдамчи (Fc—fc) геннинг аллел ҳолатига боғлиқ бўлмаган ҳолда таъсир этади. Микропиледа туклар фенотипда намоён бўлиши даражаси генотипдаги асосий генларнинг доминант аллеллари сонига боғлиқ; 3) ёрдамчи ген — Fc—fc. Унинг доминант аллели асосий геннинг бирор доминант гомозигота ҳолати б-н ўзаро таъсир қилиб, чигитнинг халаза ва ён қисмларида тукларнинг ривожланишини назорат қилади. Ёрдамчи ген доминант гомозигота ҳолатда (Fсfсда) чигит бир текис ва қалин тук б-н қопланади, гетерозигота (Fcfc) ҳолатида эса туклар нотекис ривожланади. Шундай қилиб, чигит туклари полигенлар (эпистаз, полимерия, комплементар), асосий ва ёрдамчи генлар ҳамда ген-модификаторнинг ўзаро мураккаб таъсири натижасида ривожланади. Чигит узун толасининг ривожланишини камида икки гуруҳга мансуб генлар назорат қилади. Полимер генлар функциясига кўра иккига бўлинади: асосий — 1ЛЛ—Нл ва LiD—liD; ҳамда ёрдамчи. Ёpдамчи генлар асосий генларнинг фенотипик ривожланишини кучайтириш хусусиятига эга. Улар генотипда асосий полимер генларнинг доминант аллеллари бўлганида таъсир кўрсатади. Чигит туклари ривожланишини назорат қилувчи асосий генлар Ft,, Ft2 толани чигитнинг маълум қисмида ривожланишига плейотроп таъсир кўрсатади. 5. Генларнинг плейотроп таъсири — бир геннинг бир неча белгилар ривожланишига таъсири. Мас; қоракўл қўйлари қўзиларида жуннинг кулранги (шерозий) доминант ген томонидан бошкарилади. Ана шу ген бўйича доминант гомозиготали бўлган қўзичоқлар туғилгандан сўнг сутдан чиққач ошқозон-ичак йўлининг тўлиқ ривожланмаганлиги сабабли нобуд бўлади. Демак, жуннинг кулрангини ривожлантирувчи доминант ген гомозигота ҳолатда ҳазм қилиш системасида нуқсоннинг пайдо бўлишига олиб келади. Дрозофилада кўзнинг оқ рангини белгиловчи ген пуштнинг камайиши ва улар ҳаётининг қисқаришига сабаб бўлади. Шарифжон Турабеков, Мирадҳам Абзалов.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.