Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Geotermal resurslar

    Manba: ÖzME, 2-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 215-b. — ziyouz.com

    Geotermal resurslar - Yer qa'ri issiqligi zaxirasi. Gidrogeotermal (termal suvlar) va petrogeo-termal (350° va undan ortiq darajagaça qizigan quruq toğ jinslari) resurslarga bölinadi. G. r.ning sanoati taraqqiy etgan mamlakatlar yoqilği-energetika balansidagi uluşi örtaça 5-10%. Gidrotermal resurslardan issikliq manbai sifatida (40° dan 100— 150° gaça bölgani) va elektr quvvati i.ç.da (150° dan 300° gaçasi) foydalaniladi [Italiya (Toskana), AQŞ (Kaliforniya), Yangi Zelandiya, Yaponiya (Xokkaydo o.), Meksika, RF (Ğarbiy Sibir, Şim. Saxalin) da]. Özbekistonda Farğonada artezian iliqsuv havzalari bor.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ГЕОТЕРМАЛ РЕСУРСЛАР - Ер қаъри иссиқлиги захираси. Гидрогеотермал (термал сувлар) ва петрогео-термал (350° ва ундан ортиқ даражагача қизиган қуруқ тоғ жинслари) ресурсларга бўлинади. Г. р.нинг саноати тараққий этган мамлакатлар ёқилғи-энергетика балансидаги улуши ўртача 5-10%. Гидротермал ресурслардан иссиклиқ манбаи сифатида (40° дан 100— 150° гача бўлгани) ва электр қуввати и.ч.да (150° дан 300° гачаси) фойдаланилади [Италия (Тоскана), АҚШ (Калифорния), Янги Зеландия, Япония (Хоккайдо о.), Мексика, РФ (Ғарбий Сибирь, Шим. Сахалин) да]. Ўзбекистонда Фарғонада артезиан илиқсув ҳавзалари бор.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.