Geptod
Manba: ÖzME, 2-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 224-b. — ziyouz.com
Geptod (yun. hepta — yetti va elektrod), pentagrid — yetti elektrodli, ya'ni katod, anod va beşta törli elektron lampa. Törlaridan ikkitasi boşqaruvçi, ikkitasi ekranlovçi va bittasi himoyalovçi hisoblanadi. G. triod-geptod lampasi tarkibiga kiradi. G. supergeterodin radiopriyomniklarda yuqori çastota elektr tebranişlarni özgartiriş va siljitiş uçun işlatiladi.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
ГЕПТОД (юн. hepta — етти ва электрод), пентагрид — етти электродли, яъни катод, анод ва бешта тўрли электрон лампа. Тўрларидан иккитаси бошқарувчи, иккитаси экранловчи ва биттаси ҳимояловчи ҳисобланади. Г. триод-гептод лампаси таркибига киради. Г. супергетеродин радиоприёмникларда юқори частота электр тебранишларни ўзгартириш ва силжитиш учун ишлатилади.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.