Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Gess qonuni

    Manba: ÖzME, 2-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 252-b. — ziyouz.com

    Gess qonuni—kimyoviy reaksiya issiqlik effektlari yiğindisining doimiyligi haqidagi qonun, termokimyoning asosiy qonuni. Bu qonunga köra, reaksiyaning issiqlik effekti reaksiya uçun olingan dastlabki moddalar va reaksiya mahsulotlarining holatiga boğliq bölib, reaksiyaning oraliq bosqiçlarida hosil böladigan moddalar holatiga boğliq emas. G. q. kimyoviy reaksiyaning issiqlik effektini tajriba ötkazmasdan nazariy yöl b-n hisoblab çiqarişga imkon beradi. Mas, reaksiya mahsulotlarining hosil bölişi issiqlik effektlari yiğindisidan dastlabki moddalarning hosil böliş issiqdik effektlari yiğindisi ayiriladi. 1840 y.da Gess kaşf qilgan.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ГЕСС ҚОНУНИ—кимёвий реакция иссиқлик эффектлари йиғиндисининг доимийлиги ҳақидаги қонун, термокимёнинг асосий қонуни. Бу қонунга кўра, реакциянинг иссиқлик эффекти реакция учун олинган дастлабки моддалар ва реакция маҳсулотларининг ҳолатига боғлиқ бўлиб, реакциянинг оралиқ босқичларида ҳосил бўладиган моддалар ҳолатига боғлиқ эмас. Г. қ. кимёвий реакциянинг иссиқлик эффектини тажриба ўтказмасдан назарий йўл б-н ҳисоблаб чиқаришга имкон беради. Мас, реакция маҳсулотларининг ҳосил бўлиши иссиқлик эффектлари йиғиндисидан дастлабки моддаларнинг ҳосил бўлиш иссиқдик эффектлари йиғиндиси айирилади. 1840 й.да Гесс кашф қилган.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.