Gialoplazma
Manba: ÖzME, 2-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 263-b. — ziyouz.com
Gialoplazma (yun. hyalos — şişa va plazma), asosiy modda — hayvon va ösimlik hujayrasi sitoplazmasining yoruğlik mikroskopida körinadigan strukturaga ega bölmagan qismi. Elektron mikroskopda G.ning ultrastrukturasi — membranalari, ribosomalari körinadi. Bu strukturalar oraliğida matriks, ba'zan G. deb ataladigan gomogen sitoplazma böladi. G.ning bu qismi tarkibiga oqsillar, RNK, polisaxaridlar, lipidlar va b. kiradi.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
ГИАЛОПЛАЗМА (юн. hyalos — шиша ва плазма), асосий модда — ҳайвон ва ўсимлик ҳужайраси цитоплазмасининг ёруғлик микроскопида кўринадиган структурага эга бўлмаган қисми. Электрон микроскопда Г.нинг ультраструктураси — мембраналари, рибосомалари кўринади. Бу структуралар оралиғида матрикс, баъзан Г. деб аталадиган гомоген цитоплазма бўлади. Г.нинг бу қисми таркибига оқсиллар, РНК, полисахаридлар, липидлар ва б. киради.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.