Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Gidatodlar

    Manba: ÖzME, 2-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 269-b. — ziyouz.com

    Gidatodlar (yun. Hydotod, hydotos — suv va hodos — yöl, teşik) — ösimliklardan suv va tuzlarning quyuq tomçi holida ajralişiga imkon beradigan barg hujayralari. Nam iklimda ösadigan ösimliklar uçun xos. Suv ajratiş G. orqali passiv (ildiz bosimi tufayli) yoki epiderma orqali faol sodir bölişi mumkin. G., odatda, barglarning qirralari va tişçalarida böladi. G. funksiyasini maxsus bezli tukçalar (trixomalar) bajarişi mumkin. Gidatodli ösimliklar nam tropik örmonlarda köp uçraydi. G. orqali suv ajratiş tuproq va havo namligi yuqori bölganda ayniqsa jadal boradi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ГИДАТОДЛАР (юн. Hydotod, hydotos — сув ва hodos — йўл, тешик) — ўсимликлардан сув ва тузларнинг қуюқ томчи ҳолида ажралишига имкон берадиган барг ҳужайралари. Нам иклимда ўсадиган ўсимликлар учун хос. Сув ажратиш Г. орқали пассив (илдиз босими туфайли) ёки эпидерма орқали фаол содир бўлиши мумкин. Г., одатда, баргларнинг қирралари ва тишчаларида бўлади. Г. функциясини махсус безли тукчалар (трихомалар) бажариши мумкин. Гидатодли ўсимликлар нам тропик ўрмонларда кўп учрайди. Г. орқали сув ажратиш тупроқ ва ҳаво намлиги юқори бўлганда айниқса жадал боради.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.