Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Gidradenoma

    Manba: ÖzME, 2-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 273-b. — ziyouz.com

    Gidradenoma — ter bezlaridan rivojlanadigan xavfsiz ösma. Köproq xotin-qizlarda uçraydi. Qovoqda, böyinda, kökrakning yon va old tomonida paydo böladi. Kiçik, ba'zan nöxatdek, tuxumsimon yoki dumaloq, qizğiş-sariqdan sariq-qönğir ranggaça, qattiqroq böladi, normal teri sathidan deyarli kötarilmaydi, sörilib ketmaydi, xavfli ösmaga ham aylanmaydi. Jarroxlik yöli b-n olib taşlanadi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ГИДРАДЕНОМА — тер безларидан ривожланадиган хавфсиз ўсма. Кўпроқ хотин-қизларда учрайди. Қовоқда, бўйинда, кўкракнинг ён ва олд томонида пайдо бўлади. Кичик, баъзан нўхатдек, тухумсимон ёки думалоқ, қизғиш-сариқдан сариқ-қўнғир ранггача, қаттиқроқ бўлади, нормал тери сатҳидан деярли кўтарилмайди, сўрилиб кетмайди, хавфли ўсмага ҳам айланмайди. Жаррохлик йўли б-н олиб ташланади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.