Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Gidravlik bolğa

    Manba: ÖzME, 2-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 270-b. — ziyouz.com

    Gidravlik bolğa — yuqori bosim ostida bölgan suyuqlik ta'sirida harakatlanadigan massaning oğirlik kuçi b-n metallarga işlov beruvçi maşina. Bunda massa suyuqlik bosimi ta'sirida yuqoriga kötariladi. Pastga öz oğirlik kuçi ta'sirida zarb b-n tuşadi va metallga işlov beradi. G. b. bolğalaş, hajmiy va yassi ştamplaşda işlatiladi. Tuzilişi jihatidan boşqa energiya eltuvçi bolğalarga, mas, buğ-havo bolğalariga öxşaydi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ГИДРАВЛИК БОЛҒА — юқори босим остида бўлган суюқлик таъсирида ҳаракатланадиган массанинг оғирлик кучи б-н металларга ишлов берувчи машина. Бунда масса суюқлик босими таъсирида юқорига кўтарилади. Пастга ўз оғирлик кучи таъсирида зарб б-н тушади ва металлга ишлов беради. Г. б. болғалаш, ҳажмий ва ясси штамплашда ишлатилади. Тузилиши жиҳатидан бошқа энергия элтувчи болғаларга, мас, буғ-ҳаво болғаларига ўхшайди.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.