Gidrazin
Manba: ÖzME, 2-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 273-b. — ziyouz.com
Gidrazin (diamid), H2N-NH2 — ammiak (NH3) hosilasi; rangsiz, havodagi suv buğini yutuvçi qölansa hidli quyuq suyuqlik. Suyuqlaniş t-rasi 2°, qaynaş t-rasi 113,5°, ziçligi 1,008 k/sm3 (20° da). Suvdagi eritmasi asosli xossaga ega. G. havodagi karbonat angidridni yutadi. Kislotalar b-n birikib, tuzlar hosil qiladi. G. ammiak yoki moçevinani gipoxlorit b-n oksidlab olinadi. Plastmassa, rezina, insektitsid, portlovçi moddalar i.ç.da hamda qaytaruvçi modda sifatida işlatiladi.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
ГИДРАЗИН (диамид), H2N-NH2 — аммиак (NH3) ҳосиласи; рангсиз, ҳаводаги сув буғини ютувчи қўланса ҳидли қуюқ суюқлик. Суюқланиш т-раси 2°, қайнаш т-раси 113,5°, зичлиги 1,008 к/см3 (20° да). Сувдаги эритмаси асосли хоссага эга. Г. ҳаводаги карбонат ангидридни ютади. Кислоталар б-н бирикиб, тузлар ҳосил қилади. Г. аммиак ёки мочевинани гипохлорит б-н оксидлаб олинади. Пластмасса, резина, инсектицид, портловчи моддалар и.ч.да ҳамда қайтарувчи модда сифатида ишлатилади.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.