Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Gidrodinamik qarşilik

    Manba: ÖzME, 2-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 284–285-b. — ziyouz.com

    Gidrodinamik qarşilik -suyuqlik (gaz)ning jism harakatiga yoki quvur devorining oqayotgan suyuqlikka (gazga) qarşiligi. G.q. bosim va işqalaniş kuçi ta'sirida hosil böladi. Jism harakatlanmay turganda suyuqlik (gaz) oqsa yoki jism harakatsiz muhit (suyuqlik yoki gaz)da harakatlansa, G.q. jismga ta'sir qilayotgan barça kuçlar boş vektori proyeksiyasiga teng böladi va x b-n belgilanadiyu Uçiş apparatlarining G.q. i Sx ni aerodinamik qarşilik deb ataladi. G.q. gidrotexnika inşootlari, qurilmalari, apparatlari (turbina qurilmalari, havo va gaz tozalaş apparatlari, gaz, neft va suv quvurlari magistrali, kompressorlar, nasoslar va b.)da hisobga olinadi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ГИДРОДИНАМИК ҚАРШИЛИК -суюқлик (газ)нинг жисм ҳаракатига ёки қувур деворининг оқаётган суюқликка (газга) қаршилиги. Г.қ. босим ва ишқаланиш кучи таъсирида ҳосил бўлади. Жисм ҳаракатланмай турганда суюқлик (газ) оқса ёки жисм ҳаракатсиз муҳит (суюқлик ёки газ)да ҳаракатланса, Г.қ. жисмга таъсир қилаётган барча кучлар бош вектори проекциясига тенг бўлади ва х б-н белгиланадию Учиш аппаратларининг Г.қ. и Сх ни аэродинамик қаршилик деб аталади. Г.қ. гидротехника иншоотлари, қурилмалари, аппаратлари (турбина қурилмалари, ҳаво ва газ тозалаш аппаратлари, газ, нефть ва сув қувурлари магистрали, компрессорлар, насослар ва б.)да ҳисобга олинади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.